Breaking News

Janubiy koreyaliklar shimol bilan muzokaralarga umid bilan qaramoqda


Janubiy Koreya ahli may oyida AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlari o‘rtasida bo’lishi kutilayotgan oliy darajadagi muzokaralarga umid bilan qaramoqda. Donald Tramp va Kim Chen Un yarimorolni yadrodan xoli hududga aylantirish xususida gaplashadi.

Xalqaro hayot - 23-mart, 2018-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:47 0:00

“Urushning hech kimga keragi yo’q. Bizga ham, Shimoliy Koreyaga ham, atrofdagi mamlakatlarga ham”, - deydi seulliklardan biri.

Yaqinda mamlakat bo’ylab o’tkazilgan ommaviy so’rovda qatnashganlarning 70 foizidan ziyodi Janubiy Koreya Prezidenti Mun Jey Inning aprelda hamda AQSh Prezidenti Donald Trampning may oyida Shimoliy Koreya rahbari bilan muloqoti ehtimolini qo’llab-quvvatlagan.

Kim Chen Un yil boshida yadroviy qurolsizlanishga qaratilgan muzokaralarga tayyor ekanini bildirib, qit’alararo ballistik raketasi sinovlarini to’xtatishga qaror qildi, qo’shni Janubiy Koreyada o’tgan Olimpiya o’yinlariga sportchilari va hukumat delegatsiyasini yubordi. Shundan so’ng Shimoliy Koreya rahbari janub elchilari bilan uchrashib, muzokaraga ochiq ekanini aytgan.

So’rovda qatnashgan janubiy koreyaliklarning 60 foizidan oshig’i bitim imzolangan taqdirda ham Shimoliy Koreya unga rioya qilishiga ishonmasligini aytgan.

“Ularga 100 foiz ishonib bo’lmaydi, ular yolg’on gapirishni qoyillatishadi”, - deydi yana bir seullik odam.

Tramp Shimoliy Koreya rahbari bilan hech bir shartsiz uchrashishga rozi bo’lishi Janubiy Koreyada obro’sining oshishiga sabab bo’ldi. Ilk bor so’rovda u bu masalada Xitoy Prezidenti Si Zinpindan o’zib ketdi.

Janubiy Koreya rahbarining muloqotni tashkillashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlari ham e’tibordan chetda qolmadi. Boshqa bir ijtimoiy so’rov qatnashchilarining 70 foizidan ziyodi uning bu diplomatik ishlarini olqishladi.

“Bundan natija qanday bo’lishini hozircha bilmasam-da, shu ishga qo’l urganining o’zi maqtovga sazovor”, - dedi seullik Son Ja Yan.

Sammitlarga tayyorgarlik avjida ekan, Pxenyan rasmiy roziligini bermagan hali. Shimoliy Koreya qurolsizlanish evaziga AQSh va boshqa xalqaro sanksiyalardan qutulishni ko’zlamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG