Breaking News

Dunyoning eng yosh davlatida bo'hron


Sudan hukumat kuchlari
Sudan hukumat kuchlari
Janubiy Sudan, dunyoning eng yosh davlatida, diniy, etnik va siyosiy mojarolar avj olib, zo’ravonlik ko’lami kengayar ekan, Amerika maxsus kuchlar yuborib, o’z manfaatlarini himoya qilmoqda.

Diplomatlar safar qilib, hukumatga ko’maklashadi, deya bildiradi Davlat departamenti.

Janubiy Sudan prezidenti Salva Kir sobiq o’rinbosari va boshqalarni unga qarshi harakatlarda ayblagan.

BMT bazasiga hujum qilinib, 11 fuqaro va ikki chet ellik zobit o’ldirilgan. Amerikalik askar jarohat olgani haqida xabarlar bor.

Zo’ravonliklar sabab 35 ming aholi BMT inshootlarida jon saqlamoqda.

Minglab qurollangan yoshlar ko’chalarni kezib, o’ziga dushman deb bilgan odamlarni qirmoqda, deydi guvohlar.

Vaziyat nihoyat beqaror va xalqaro hamjamiyat darhol chora ko’rishi kerak, deydi BMT vakillari.

Mamlakat hayotini tahlil qilib kelayotgan mutaxassislarga ko'ra, tuzum yangi bo'lishi mumkin, ammo muammolar azaliy: musulmon va nasroniylar orasidagi nifoq, qashshoqlik, yulg'ichlik, qonunsizlik, huquqbuzarlik. Davlat zaif ekan, fuqarolar o'z muammolariga yechimni rasmiy tizimlardan emas, qurolli guruhlardan izlaydi.
XS
SM
MD
LG