Breaking News

Xalqaro fazo stansiyasi qarovsiz qolishi mumkin


"MIR" Xalqaro fazo stansiyasi
"MIR" Xalqaro fazo stansiyasi

Rossiya va Qo'shma Shtatlar Xalqaro fazo stansiyasi kosmonavtlarsiz qolishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. Gap shundaki, o'tgan hafta Boyqo'ng'ir kosmodromidan uchirilgan "Soyuz" yuk tashuvchi raketasi parvozdan besh daqiqa o'tgach qulagan. Falokat sabablari aniqlanmoqda.

Agar Rossiya noybargacha stansiyaga boshqa raketalarini yubormasa, u yerdagi olti fazogirni Yerga qaytarishga to'g'ri keladi. Halokatga uchragan kema stansiyaga uch tonna yuk olib chiqishi ko'zda tutilgan edi.

AQShning NASA fazo agentligiga ko'ra, astronavtlar stansiyada olti oydan ko'p tura olmaydi, aks holda nurlanish xavfiga uchraydi. Hozir Xalqaro fazo stansiyasida olti kishi bor - uch nafari rossiyalik, ikkisi amerikalik va bir yapon.

Uch fazogir Yerga kelasi oy qaytishi mumkin, qolganlari esa noyabr o'rtalarida. Stansiya qarovsiz qolsa ham, uni Yerdan turib boshqarish mumkin, deydi mutaxassislar, ammo ayrim tajribalarni kosmonavtlarsiz amalga oshirib bo'lmaydi.

Fazogirlarda kelasi yozgacha yetadigan oziq-ovqat zaxirasi bor, ammo ularni Yerga qaytarishga mo'ljallangan ikki kapsulaning muddati tez orada tugashi mumkin. Ular orbitada 200 kundan ortiq tura olmaydi.

AQSh raketalarining hammasi eskirgach, Xalqaro fazo stansiyasiga parvozlarni Rossiya kemalari amalga oshirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG