Bugun 15-sentabr oqshomida kosmonavtika va astronavtika tarixida ilk bor professional fazogir bo’lmagan odamlardan iborat ekipaj AQShning Florida shtatidagi fazo stansiyasidan koinotga uchadi.
To’rt sayyohning barchasi oddiy insonlar bo’lib, ular tadbirkor Ilon Maskka tegishli “SpaceX” tijoriy fazo kompaniyasi apparatida uchadi.
Kosmosga ilk bor ko’tarilayotgan sayyohlar koinotni uch kun aylanadi.
“Men ekipajning yagona qora tanli a’zosiman. Mengacha uch nafar qora tanli fazogir koinotga uchgan. To’rtinchisi bo’lish orzuimni amalga oshirish imkoniga ega ekanimni anglatibgina qolmay, oq tanli bo’lmagan ayollar va qizlarni orzularidan voz kechmaslikka ilhomlantirishimni ham anglatadi”, - deydi “Inspiration 4” missiyasi ishtirokchisi Sian Proktor.
51 yashar ayol Arizona kollejining professori bo’lib, geolog-olimdir.
Ekipajga 3 kunlik parvozni moliyalashtirgan 38 yashar milliarder Jared Ayzekman sardorlik qiladi.
Ekipaj a’zolaridan ikkisi bunday sharafga lotereya orqali erishdi, yana biri esa yoshligida saraton kasalligidan sog’aygan tibbiy xizmatchi. Ayzekman ushbu ekspeditsiya orqali 200 million dollar ko’tarib, bolalar saratoniga qarshi kurashmoqchi.
“Resilience” apparati 575 kilometr balandlikda parvoz qiladi, Xalqaro fazo stansiyasidan 160 kilometr yuqorida.
Facebook Forum