Breaking News

AQSh maxsus vakili O'zbekiston va Qozog'istonga safar qilmoqda


Elis Gast, ilm-fan masalalari bo'yicha maxsus elchi
Elis Gast, ilm-fan masalalari bo'yicha maxsus elchi

Bu hafta Amerika maxsus vakili Elis Gast (Alice Gast) Qozog'iston va O'zbekistonda bo'lib, ilmiy-fan sohasida hamkorlikni yaxshilash haqida gaplashadi.

Elis Gast, xizmat ko'rsatgan kimyoviy muhandis, Pensilvaniya shtatidagi xususiy Lihay (Lehigh) Universiteti rektoridir.

Avval Massachussetts Texnologiya Institutida rektor muovini bo'lib ishlagan. O'z sohasida Amerikaning yetakchi mutaxassislaridan sanaladi.

Qozog'iston va O'zbekiston rasmiylari va ilm-fan arboblari bilan muzokaralarda, deya bildiradi Davlat departamenti, energetika, ta'lim va informatsion texnologiya bobida birgalikda yangi loyihalar boshlash xususida fikr almashiladi.

Prezident Barak Obama xalqaro rishtalarni mustahkamlashda ilmiy hamkorlik muhim rol o'ynaydi deb keladi va maxsus vakillarga bu borada jadalroq harakat qilishni buyurgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG