Tojikiston shahar va qishloqlarida Navro’z tantanalari o'tmoqda.
Respublikada odatda asosan shaharlarda rahbarlar ko’zi uchun bayram tadbirlari o’tkazilar edi. Bu yilgi Navro’z sayllari esa ko'proq nohiya va qishloqlarda ko'zga tashlanadi. Mahallalarda sumalak uchun dosh qozonlar ilgarigidek ko’p emas. Odamlarning katta dasturxon yozishga qurbi yetmaydi.
Ammo bayram – bayramda, Navro’zni nishonlamay bo’ladimi, oz bo’lsada sumalaklar qilinayapti, shifobaxsh giyohlardan turfa pishiriqlar tayyorlanmoqda.
Tog’liklarning qurutobi, ipdek ingichka kesilgan ugrasi va vohadagi qo’lbola lag’monlar, sutli, mayiz-yong'oqli patirlar, qazi solib damlangan osh, to’g o’tlari solib qaynatilgan suyuq osh… Bularning hammasi dasturxon ko’rki bo’lib qolmoqda.
Navro’z kelarkan, keng dala-qirlarda chavandozlar uloqda. Qo’noq uchun hovlilarni belgilab, uloqga solinadigan echkimi, etmi, uni ajratishadi. Ana bayram degan kun adirlar odam bolasiga to’lib toshadi.
Navro’z tantanalri qishloq va to’g etaklarida xos kamtarona uslub-odoblar doirasida bo’ladi.
Mahalliy udumga ko’ra, har qancha bayram bo’lmasin erkak-ayolning aralashib ketishiga yo’l qo’yilmaydi, ikki jins uchun alohida-alohida joy hozirlanadi. Uyatchan qizlar hatto bayram davralariga borib qo’shilishmaydi, qorli tog’ etaklarida, balandlikdan turib tomosha qilishadi. Bu – ular uchun yozilmagan qonundek gap.
Poytaxt Dushanbeda Navro’z kuni shahar osmonga otilgan rango-rang mushaklar ayrim kishilarga yoqmaydi. Tayziq va cheklovlar ko’paya borayotgan respublikada kishilar dilida hadik kuchayib borayotgandek.
Respublikada prezident saylovlari oldidan hukumat muxolifatga nisbatan bosimni oshirgan. Odamlar kelajakdan qanchalik xavotir olmasin, bahordan ham bahra olishga harakat qilmoqda.