Breaking News

Uyni yaxshi narxga, tez sotish sir-sinoati


September 26: The Washington Monument, just before The National Park Service updated the extent of damage sustained to the Monument from the Aug. 23 earthquake. (AP Photo/Jacquelyn Martin)
September 26: The Washington Monument, just before The National Park Service updated the extent of damage sustained to the Monument from the Aug. 23 earthquake. (AP Photo/Jacquelyn Martin)

Sotilayotgan uyning ko’rinishi katta rol o’ynaydi.

Buning uchun uni tartibga solib, jihozlash kerak. Xaridor uyga kirganda uni darrov o’zinikidek his qilsin. Amerikada uyni mana shunaqa qilib bezaydigan mutaxassislar bor.

Gloriya Krouli Vashington yaqinidagi omboridan mebel, umuman, uyga kerakli anjomlar tanlab olmoqda.

“Ularni sotuvga qo’yilgan uyga joylab, xaridorga yoqadigan holatga keltiramiz. Interyerni turlicha o’zgartirish mumkin”, - deydi u.

Uyni yaxshi narxga, tez sotish sir-sinoati
Uyni yaxshi narxga, tez sotish sir-sinoati

Krouli uyni o’zi uchun yasatmayapti. Unga ko’rk bag’ishlab xaridor diqqatini tortish kerak, chunki ilk taassurotda gap ko’p.

“15 yil oldin ko’chmas mulk bozorida ishlardim. O’zim sotayotgan uylarni jihozlab qo’yardim, qarasam, bozori chaqqon, narxi ham yomonmas. Keyinchalik birjadagi boshqa agentlar yordam berishimni so’rashdi”, - deydi tadbirkor ayol.

Vashingtondagi xonadonlarning biri sotiladigan. Krouli yordamchilari bilan ishga kirishdi.

“Uyni bezatayotganda aniq bir rejaga qarab ish tutmaymiz. Jihozlarning hammasini uyga olib kirgach, eksperiment qila boshlaymiz”, - deydi dizayner Janiya Xelm.

Uyni yaxshi narxga, tez sotish sir-sinoati
Uyni yaxshi narxga, tez sotish sir-sinoati

U oldin xaridorlar dididan kelib chiqib, uylarni bezatardi. Krouli bilan ishlashni uch yil oldin boshlagach, ish uslubi o’zgardi.

“Uyni yaxshi o’rganib chiqib, uni hammaga birdek yoqadigan holatga keltirish kerak”, - deydi Janiya Xelm.

Bu biznesning qanchalik ommabop ekani haqida rasmiy raqamlar yo’q hozircha. Ammo ko’chmas mulk bozorida raqobat kuchayib, Kroulining ishi ko’paygan.

“Bir ko’chada 10 ta uy sotuvga qo’yilsa-yu, faqat bittasi did bilan jihozlansa, o’shanisi sotiladi”, - deydi tadbirkor.

Ayrim uylarni tayyorlash ko’p vaqt olmaydi, boshqalari ustida ancha ishlash kerak. Ko’chmas mulk agenti Evelin Mattar:

Uyni yaxshi narxga, tez sotish sir-sinoati
Uyni yaxshi narxga, tez sotish sir-sinoati

“Bo’sh turgan uydan ko’ra bezalgan uy tezroq egasini topadi. Ammo ayrim omillarni ham esdan chiqarmaslik kerak: uy qanchadan beri bozorda, egasining qarzi bormi?”

Ko’chmas mulk bilan 26 yildan beri shug’ullanayotgan bu ayolning aytishicha, ayrim agentlar uylarni internet orqali ko’z-ko’z qiladi.

“Internetda faqat bo’sh xonalarni ko’rasiz. Katta-kichikligini, uyni qanday jihozlash mumkinligini tasavvur eta olmaysiz, demak uni sotib olishingiz gumon”, - deydi Mattar.

Uy mebel va boshqa jihozlar bilan to’ldirilgach, uni endi bozorga qo’ysa bo’ladi. Xaridor Lesli Xeyster shunday xonadonlardan birini ko’rib, hayron bo’lganini eslaydi.

Uyni yaxshi narxga, tez sotish sir-sinoati
Uyni yaxshi narxga, tez sotish sir-sinoati

“Biram yoqimtoy uy edi! Jihozlangan uyni o’zingiznikiday tasavvur etish osonroq”, - deydi u.

Jon Yang ismli odam uyni ko’rish uchun oilasi bilan kelgan.

“Uyni avval internetda ko’rdik. Hozir qarasak, unga ko’p narsa sig’ar ekan”, deydi u.

Bir to’xtamga kelish uchun hali anchasini ko’rishimiz kerak, ammo shunisini ro’yxatga qo’shishimiz aniq, deydi Yang.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG