Germaniya matbuotining xabar berishicha, Myunxendagi uylarning biridan 1500 ta nodir san'at asari topilgan. Ma'lumotlarga ko'ra, bu rassomchilik ishlarini natsistlar urush paytida yahudiylardan tortib olgan bo'lishi mumkin. Asarlar Pikasso, Matisse va Chagal kabi mashhur rassomlarga tegishli bo'lib, 70 yildan beri qidiruvda edi.
Asarlarning jami qiymati bir milliard dollardan ziyod ekani aytilmoqda.