Breaking News

Sudanda harbiy to'ntarish


Sudan poytaxti Xartum, 25-oktabr, 2021-yil
Sudan poytaxti Xartum, 25-oktabr, 2021-yil

Sudanda davlat to’ntarishi. Harbiylar bugun o’tish hukumati a’zolarini hibsga olib, bosh vazir idorasini qurshab olgan, poytaxt Xartumga kirish yo’llarini to’sib qo’ygan. Axborot, aloqa, moliya, sanoat vazirlari hamda Xartum gubernatori va yana bir necha rasmiy qo’lga olinib, noma’lum yo’nalishda olib ketilgan.

Xalqaro hayot – 25-oktabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:32 0:00

“Al-Hadat” nashriga ko’ra, Bosh vazir Abdulla Hamduk uy qamog’iga olingan edi. Isyonchilar bilan til biriktirish va davlat to’ntarishini qo’llab-quvvatlashdan bosh tortgach, Hamduk boshqa joyga ko’chirilgani aytilmoqda. Bosh vazir fuqarolarni ko’cha namoyishlariga da’vat etgan.

Mamlakatda tartibsizliklar boshlangan. Namoyishchilar yo’llarni to’sib, shinalar yoqmoqda. Tibbiy xizmatchilar ish tashlash e’lon qilib, boshqa kasaba uyushmalarni ham ko’chaga chiqib, fuqarolik hukumatini himoya qilishga chaqirgan.

Davlat tele va radio stansiyasi harbiylar nazoratida, ko’priklar to’silgan. Xartumda na aloqa, na internet ishlayapti. Xartum aeroportida xalqaro reyslar uzilgan, aeroportga kirish yo’llari to’silgan.

Yevropa Ittifoqi harbiy to’ntarishni qoralagan, Arab Ligasi muloqotga chaqirmoqda. AQSh Davlat departamenti vaziyat bo’yicha xavotir bildirgan.

2019-yilda Sudanning uzoq yillik rahbari Umar Bashir hokimiyatdan olinganidan beri davlat boshqaruvi harbiylar va fuqarolik guruhlari qo’lida edi. Tomonlar 2023-yilda saylov o’tkazishga kelishib olgan edi. O’tgan oy davlat to’ntarishiga bir harakat muvaffaqiyatsiz bo’ldi.

Mamlakatni muvaqqat boshqarayotgan Suveren kengash rahbari general Abdul Fattoh Burhon favqulodda holat e’lon qilib, kengash va muvaqqat hukumatni tarqatishga qaror qilgan.

Unga ko’ra, fuqaroviy hukumat saylanmaguncha harbiylar demokratik o’tish jarayonini boshqaradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG