AQSh Oliy Sudi katta shov-shuvga sababchi Arizona shtati immigratsiya qonunining ko’p qismini bekor qildi. Qaror nafaqat Arizona, balki butun mamlakatda aks-sado berdi.
Oliy Sud Arizona shtati noqonuniy muhojirlarga doir qonunining uch bandini olib tashladi. Chunki bu bandlar, deyiladi sud izohida, federal hukumatning immigratsiya siyosatiga zid. Biroq sud politsiyaning nazorat paytida immigratsion maqomni tekshirish vakolatini kuchda qoldirdi.
Kaliforniya shtatining Los-Anjeles shahridagi mardikor bozorida bu bahsni uzilmasdan kuzatishdi. Bu qonun kaliforniyaliklarga taalluqli emas.
Lekin Saul Linas Arizonadan boshqa shtatlar ham namuna olmasa edi, deb hayiqmoqda.
“Ichim og’riydi, chunki men kabi Lotin Amerikasidan kelganlarni sil qilishayapti. Amerikada bunaqa ishlar bo’lishi to’g’ri emas, nazarimda. Hamma teng ko’rilishi, qattiq mehnat qilgan odamlar muvaffaqiyat qozonishi kerak”,- deydi Linas.
Qo’shma Shtatlarga noqonuniy kelganlar, qonunga ko’ra, avtomatik tarzda deportatsiya qilinishi kerak.
36 yoshli Aaron Pineda Los-Anjelesga chaqaloq paytida olib kelingan. Qog’ozlari yo’q. Meksikaga haydab yuborishadi, deb qo’rqib turibdi.
“Meni o’zga bir davlatga ravona qilishmoqchi bo’lsa, tasavvur qiling! Meksikaga borgim yo’q. Rafiqam, olti farzandim mana shu yerda. Maktabga qatnashadi, baholari juda yaxshi. G’irt bema’nilikku! Meksikada nima qilaman? Hech vaqoim yo’q u yerda”,- deydi Pineda.
Arizona gubernatori Ja Bryuer Oliy Sud tuzatishlarini tan oladi, lekin qonun hamon bor va unga amal qilishingiz shart, deydi.
“Sud mahalliy huquq-tartibot idoralarining federal hukumatga immigratsiya bobida ko’maklashish vakolatini saqlab qoldi. Ya’ni politsiyada biror asosli shubha paydo bo’lsa, boshqa sabab bilan ushlangan odamning hujjati ko’riladi, Arizona qonunlariga binoan muhojirlik maqomi tekshiriladi”,- deydi gubernator.
Astronom Benjamin Zukerman Los-Anjelesdagi Kaliforniya Universitetida dars beradi. U aholi ko’payishining atrof-muhitga, betartib immigratsiyaning davlatga ta’siridan xavotirda. Zukerman aholi orasida barqarorlik, tartibni targ’ib qiluvchi alohida bir guruh a’zosi.
“Amerikada taxminan 20 million odam ishsiz. Aksariyati qora tanlilar yoki latinolar. Orasida fuqarolar ham, hujjatlari joyida bo’lgan muhojirlar ham bor. Ahvol og’ir bir paytda mamlakatga noqonuniy immigrantlar kelishini istamaymiz, chunki ular qoida-tartibga amal qilib yashayotgan odamlarning hayotini qiyinlashtirmoqda”,- deydi Zukerman.
Faollar nazarida Arizona qonuni irqiy kamsitish uchun asos. Amerika – yuz ko’rinishi boshqacha bo’lgan odamni gumon ostiga oladigan mamlakat emas, deydi ular.