Dunyoning eng yirik musulmon jamiyati bo'lmish Indoneziyada "Islomiy davalt" singari terror guruhlariga nafrat juda kuchli. So'nggi ommaviy so'rovlar natijasi shundan darak bermoqda.
Aksariyat respondentllar terrorni qoralagan. "Islomiy davlat" Indoneziyaga, umuman olganda, ulkan tahdid solayotgani yo'q, deb fikrlovchilar ham talay. 93 foizga yaqin odam nazarida bu guruhni mamlakatda man etish kerak.
So'rovda 1350 kishi qatnashgan. Ularning ko'pi terror tashkilotlari haqida yaxshi bilmaydi.
Indoneziya universitetidan olim Tamrin Tamagola:
“Biror terror tashkilotiga mamlakatimizda toqat yo'q. Kelajagi yo'q ularning".
Ammo, deydi tadqiqotchi, hukumat ogoh turishi lozim. Ekstremizmga qarshi kurashni susaytirmaslik zarur.
Filippin hukumati terrorchilar bilan qonli urush olib borar ekan, Indoneziya jarayonni xavotir bilan kuzatmoqda. Jangarilar uning sarhadiga kirishi mumkin.
Filippinda Abu Sayyof guruhi va Indoneziyada Jamoa Islomiya tashkiloti azaldan al-Qoidaning sheriklari sanaladi. O'tgan yillardan ular ancha yer tishlagan, deydi rasmiylar.
Azumardi Azra - Jakartadagi Islomiy universitet sobiq rahbari va ekspert. Indoneziya ko'p-elatli, dunyoviy jamiyat bo'lib qoladi, deydi u, vahobiy va salafiylarga bu yerda o'rin yo'q.
Mutaassiblar odatda bu mamlakatdan quviladi, deya ishonch bildiradi Azra. Yashirinib yurganlar bor, ular umidga to'la bo'lishi mumkin, lekin safii kengaytira olmaydi, deydi mutaxassis.
Hukumat "Islomiy davlat" xurujlar rejalayotgan bo'lishi mumkin, deya ogohlantirib keladi. Yil boshidagi hujumda sakkiz kishi o'lgan.
384 indoneziyalik bu guruh safida bo'lishi mumkin. Ular asosan Suriya va Iroqda ekani taxmin qilinadi. Ayrimlari o'tgan yili qaytib kelgani ma'lum.
Facebook Forum