Breaking News

Suriyada muxolif kuchlarning o'ziga ishonchi oshgan


Halab, 18-sentabr, 2012
Halab, 18-sentabr, 2012
Suriyada armiya va muxolif kuchlar orasida qonli olishuvlar avj olib, kamida 25 kishi o’lgani qayd etilmoqda.



Ozod Suriya Armiyasi, hukumatga qarshi kurashda boshchilik qilayotgan tomon, o’z qarorgohini Turkiyadan vatanga ko’chirmoqda.

Halab shahri – janglarga sahna. Muxolif kuchlarning o’ziga ishonchi oshgan.

Qishloq, tuman va shaharlar Bashar al-Assad armiyasidan tozalanar ekan, “Nazoratni mustahkamlab asta oldinga harakat qilamiz”,- deya bayon qiladi arab telekanallariga intervyu bergan qo’mondon Riyod al-Assad, muxolifatga qo’shilgan polkovniklardan biri.

Lekin prezident Assad oppozitsiya hech qachon g’alabaga erisha olmaydi deya ishonch bildirmoqda. Suriya xalqining aksariyat qismi zo’ravonlikka qarshi va muxolif kuchlardan nafratlanadi, deydi u.

Qo’shni davlat tobora beqaror ekan, Turkiya xavfsizlik kuchlari chegarada sergak holda turibdi.

Livan tomonda ham harbiylar soni oshirilgan. Suriyalik jangchilar chegarani kesib o’tib, hujumlar qilgan degan da’volar rad etilmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG