Breaking News

Suriyadagi urush ikki million bolaga jabr qildi


Suriyada ikki yildan beri tinmayotgan urush sababli qariyb ikki million bola tezkor gumanitar yordamga muhtoj.

Ular to’yib ovqatlanmaydi, maktabga qatnamay qo’ygan, sanitariya-gigiyena bilan bog’liq vaziyat ayanchli, deyiladi Bolalarni asrang nomli xalqaro guruh hisobotida.

Tashkilot mojaroning unutilgan qurbonlari – bolalarni jangga jalb qilish hollarini tugatishga undaydi.

BMT o’tkazgan tergov xulosasiga qaraganda, ham hukumat, ham isyonchilar yosh bolalarning qo’liga qurol tutqazib qo’ygan.

To’qnashuvlardan va jinsiy tajovuzdan qochayotgan qiz-o’g’illar oilalaridan ajralib qolgan holatlar kam emas.

Urush natijasida Suriyada yuzlab maktablar va kasalxonalar xarobaga aylangan. Oilalar yuvinib olish, hojatga chiqish imkoniyatiga ega emas.

Xalqaro tashkilotlar har ikki tarafni muhtojlarga insonparvarlik madadi yetkazishga sharoit yaratishga, aholi yashovchi manzillarda xurujlar sodir etmaslikka chaqirmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG