Breaking News

Suriyadagi urushda o’lganlar 191 mingdan oshdi


Suriyalik qochqinlar lageri, Livan bilan chegaradagi Arsal shahri.
Suriyalik qochqinlar lageri, Livan bilan chegaradagi Arsal shahri.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining bildirishicha, Suriyada uch yildan ko’p davom etayotgan urushda o’lganlar soni 191 mingdan oshgan.

BMT inson huquqlari mulozimi Navi Pillay so’zlariga qaraganda, 2011-yilning bahoridan joriy yil bahorigacha bo’lgan davrni qamragan bu raqamlar aslida undanda ko’p bo’lishi mumkin.

Pillay xalqaro hamjamiyatning Suriyadagi urush oldida sust ekanini qoralamoqda.

Bu sustkashlik sababli mamlakatda qotilliklar, parokandalik va qiynoqlar zo’raygandan zo’raydi, deydi BMT rasmiysi.

Davlatlar Suriyaga qurol jo’natishni bas qilishi kerak, aynan shu siyosat dahshatli falokatlarga yo’l ochayapti, deydi Navi Pillay.

BMT shu yilning yanvarida Suriyada erkin harakat qilolmayotgani bois talofatlar haqida hisobot berishni to’xtatgan edi.

Yangi hisobot Suriyadagi huquq tashkilotlari va hukumat bergan raqamlarga asoslanadi.

Bu urush 2011-yilning martida prezident Bashar al-Assadga qarshi tinch namoyishlar shaklida boshlangan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG