Breaking News

Fransiya, Britaniya Suriya muxolifatiga qurol berish haqida gaplashmoqchi


Fransiya Britaniya bilan birgalikda Suriyadagi isyonchilarga qurol-aslaha jo’natish ustida muzokara boshlashga rozi.

Yevropa Ittifoqi joriy etgan embargo hozirda qo’zg’olonchilarni o’q-dori, qurol bilan ta’minlashni man qiladi.

Fransiya Tashqi ishlar vaziri Loran Fabiusning aytishicha, rasmiy Parij va London ittifoq davlatlarini embargoni bekor qilishga chaqirmoqda va tomonlar oy oxirigacha muzokara stoliga o’tirishi mumkin.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kecha Suriya muxolifatiga qurol jo’natish taklifini tanqid qilib, buni xalqaro qonunlarga xilof degan.

Qo’shma Shtatlar o’tgan oy oppozitsiyaga qiymati 60 million dollarga teng dori-darmon, yegulik va noharbiy mudofaa vositalari jo’natishini ma’lum qilgan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG