Inson huquqlarini himoya qiluvchi “Human Rights Watch” tashkiloti Suriyadagi 27 qiynoq va tahqirlash markazlari borasida hisobot e’lon qildi.
“Dahshatli jinoyatlar”, - deydi tashkilotning Britaniyadagi rasmiysi Deyvid Mefam. Kaltaklash, jinsiy zo’ravonlik, kislota bilan kuydirish va azoblash kabilardan o’tgan yoki guvohi bo’lgan mahbuslar so’zlari keltirilgan unda. Odamlar og’ir bir sharoitda, yetarli yegulik va tibbiy xizmat yo’q bir holda saqlangan.
Hisobotda Damashq, Hims, Idlib, Halab, Dar’o va Latakiya kabi shahar va viloyatlardagi qamoqxonalar, jinoiy harakatlar boshida turgan qo’mondonlar sanab o’tiladi. Bu xatlovdan maqsad, deydi inson huquqlari himoyachilari, bir kun kelib aybdorlarni javobgarlikka tortish.
“Human Rights Watch”ning bildirishicha, bular insoniyatga qarshi jinoyat bilan barobar va BMT Xavfsizlik Kengashi masalani Xalqaro Jinoiy Sudga oshirishi kerak.
Xavfsizlik Kengashi a’zolari bugun BMTning Suriyadagi kuzatuvchilik missiyasi kelajagini muhokama qiladi. Tashkilot Bosh kotibi Pan Gi Mun vaziyat xatarli ekani sababli 16-iyun kuni 300 kishilik delegatsiya faoliyatini to’xtatgan edi. BMT xodimlari bir necha bor hujumga uchragan.
Pan Gi Mun kechagi murojaatida Suriya xalqi va mintaqa qirg’in, beqarorlik, urushga ortiq chidab yashay olmaydi, dedi. U Qohirada muxolifat majlisi mamlakatni tinchlik sari yetaklaydi, degan umidda.
BMT Inson huquqlari rasmiysi Navi Pillay o’z navbatida ham Suriya rahbariyati, ham isyonchilarni zo’ravonliklarda ayblab, qon to’kishni darhol to’xtatishga da’vat etdi. Assad armiyasi aholi, kasalxonalarni o’qqa tutmoqda, fuqarolarni jinsiy tahqirlamoqda, deydi u.
Uning aytishicha, oppozitsiya ham hukumatga xayrixoh odamlarni o’ldirmoqda. Isyonchilar sodir etgan xurujlar tinch aholiga jabr qilmoqda, deydi u.
Arab Ligasi rahbari Suriyaning tarqoq muxolifatini birlashishga, prezident Bashar al-Assad ma’muriyatiga muqobil, ishonchli kuchga aylanishga chaqirmoqda.
Liga Bosh kotibi Nabil al-Arabiy kecha Qohiradagi ikki kunlik anjumanda yuzlab muxolifatchilarga murojaat qilib, fursatni boy bermaslikka undadi.
“Suriya oppozitsiyasi birlashishi kerak. Buning uchun imkoniyat bor”, - dedi al-Arabiy. “Suriya xalqi tortayotgan azob har qanday ziddiyatdan, siyosiy bahsdan ustun-ku”, - deydi u.
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmad Dovudo’g’li ham kecha ayni bayonot bilan chiqib, zaif va beqaror muxolifat Assad hukumati manfaatiga xizmat qiladi, degan.
“Suriyada o’zgarish bo’ladi. Bu muqarrar. Mamlakatda yangi hukumat, demokratik rahbariyat saylanishiga shubha yo’q. Suriya taqdirini, kelajagini faqat xalq hal qilishi lozimligi ham ravshan”, - deydi Dovudo’g’li.
Qohiradagi muzokarada 10 guruh, jumladan, yirik oppozitsiya sanalmish Suriya Milliy Kengashi, dunyoviy hamda diniy tuzum tarafdorlari ishtirok etdi. Lekin Suriyaning o’zida hukumatga qarshi jang qilayotgan isyonchilardan vakil bo’lmadi.
Sal oldin BMT maxsus elchisi Kofi Annan Suriyada yangi hukumatga Assadni hal jalb qilish tashabbusini olg’a surgan, biroq muxolifat rejani qat’iyan rad etgan edi.
Prezident Assad, bu orada, Suriya tomoni o’tgan oy Turkiyaga qarashli qiruvchi samolyotni urib tushirganidan afsusda. Turkiyaning “Cumhuriyet” gazetasiga intervyu bergan Assad so’zlariga ko’ra, samolyot Suriya havo sarhadlariga kirgan.
Rasmiy Anqara harbiy samolyot chegarani atayin buzgan emas, bu yanglishmovchilik edi va xalqaro havo hududlariga qaytayotib, urib tushirilgan, deya ta’kidlaydi. Voqea 22-iyun kuni ro’y bergan.
Agar Turkiyaning izohi rost bo’lganida darrov kechirim so’ragan bo’lar edim, deya javob qiladi Bashar al-Assad.
U Suriya va Turkiya o’rtasida qurolli mojaro ehtimolini rad etmoqda.
Rasmiy Anqara Suriya bilan chegara mudofaasini kuchaytirar ekan, Assad ayni chora ko’rmoqchi emasmiz, deydi.