Breaking News

Xavfsizlik Kengashidan Suriyadagi jinoyatlar taftishini xalqaro sudga topshirish so'ralmoqda


BMTning Suriyadagi mojaroga doir komissiyasi Xavfsizlik Kengashiga urush jinoyatlarini tergov qilishni Xalqaro jinoiy sudga topshirishni tavsiya qilmoqda. Komissiya mojaroda jabr ko’rgan va jinoyatlarga guvoh bo’lgan 400 odam bilan suhbat asosida hisobot tayyorlagan.

Guruh a’zosi Karla del Pontening aytishicha, masalani xalqaro sudga oshirishga yetarli dalil bor. Biroq aytish joiz, komissiya tergovchilari Suriyaga kiritilmagani bois tekshiruvni mamlakatni tark etgan suriyaliklar yordamida olib borgan.

Hisobotda aytilishicha, harbiy jinoyatlarga nafaqat Suriya qurolli kuchlari, balki isyonchilar va ayrim shaxslar ham aloqador.

Jinoyatlar qatorida qotillik, qiynoqlar, jinsiy zo’ravonlik, odam o’g’irlashlar tilga olinadi. Komissiya kelasi oy jinoyatlarda qo’li bor shaxslarning nomlari bitilgan ro’yxatni BMTning inson huquqlari bo’yicha idorasiga yo’llashi kutilmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG