Breaking News

Suriyalik qochqinlar qahraton qish va koronavirus bilan yuzlashmoqda


Suriya shimoli-g’arbidagi hududlarda joylashgan lagerlarda yashayotgan odamlar yana bir qahraton qish va koronavirus pandemiyasining ikkinchi to’lqiniga yuz tutmoqda.

Xalqaro hayot – 22-dekabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:16 0:00

Parijda asoslangan “Chegara bilmas shifokorlar” tashkilotiga ko’ra, iyul oyidan beri qochqinlar lagerlarida koronavirus tarqalib bormoqda.

Aksariyat palatkalar haddan ziyod to’lgan, asosiy tibbiy xizmatlar yetishmayapti, toza suv yo’q, antisanitariya hukm surmoqda, mutaxassislar epidemiya kuchayishidan xavotirda.

Koronavirus bilan kasallanganlarni karantinda saqlash maqsadida mahalliy bir tashkilot Idlib viloyatidagi Turkiya chegarasiga yaqin “Zuhur” lageri atrofida sementdan xonalar qurmoqda.

Ba’zi mamlakatlarda koronavirusga qarshi emlash boshlangan, biroq suriyaliklar ularda hali beri bunday imkoniyat bo’lmasligidan tashvishda.

“Bizni unutishmas, biz ham emlanarmiz degan umiddaman”, - deydi Halabdan qochib, lagerda radiqasi va to’rt farzandi bilan yashayotgan bir odam. Qassem Ahmad Sharraq Al-Zeit

Rasmiy manbalarga ko’ra Suriyada koronavirus bemorlari oz bo’lsa-da, test markazlari yoq’ligi bois asl manzara ancha ayanchli ekani aytilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG