Breaking News

Isroil Suriyani havodan urib, 10 askarni o’ldirdi


Bu, deydi Isroil tomoni, kecha Suriya tomonidan amalga oshirilgan raketa hujumiga javobdir.

Faollarning aytishicha, Isroil armiyasi tunda G’olan tepaligining Suriya tomonini havodan o’qqa tutgan. Suriyalik 10 askar halok bo’lgan.

Isroil rasmiylari Suriya harbiy obyektlarini nishonga olganini tasdiqlayapti.

Bu, deydi ular, kecha Suriya tomonidan amalga oshirilgan raketa hujumiga javobdir.

Kechagi hujumda isroillik o’smir nobud bo’lgani xabar qilinadi.

Suriyadan Isroilga bot-bot havo hamlalari uyushtirib kelinadi. Lekin isroillik fuqaroga ilk bor ziyon qilinishi.

Isroillik bola otasi va yana bir kishi bilan G’olan tepaligining bahsli qismida mashinada ketayotib, o’qqa tutilgan.

Ularni Suriya armiyasi nishonga oldimi yoki suriyalik isyonchilarmi – noaniq.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG