Bugun Germaniyaning Myunxen shahrida Suriya bo’yicha xalqaro anjuman o’tmoqda. Unda AQSh vitse-prezident Jo Bayden qatnashmoqda.
Hafta boshida Suriya muxolifati yetakchisi Muaz al-Xatib prezident Bashar al-Assad bilan muzokara qilishga tayyor ekanini aytgan edi.
Bugungi yig’inda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va BMT-Arab Ligasi maxsus vakili Laxdar Brahimiy ham ishtirok etmoqda.
Bayden va Lavrov yuzma-yuz muloqot olib borgan. Global masalalar yuzasidan ikki davlat birga ishlashga majbur ekani qayd etilgan. Lekin Bayden inson huquqlari va demokratik qadriyatlar bobida Rossiya bilan kelishish qiyin ekanini tan olgan.
Brahimiy nazarida Suriya fuqaro urushi domida. Muxolif kuchlar va hukumat olishishdan to’xtamas ekan, bu davlat daqiqa sayin jar yoqasiga yaqinlashmoqda, deydi Myunxenda yig’ilgan arboblar.
2011-yilning mart oyida hukumatga qarshi boshlangan qo’zg’olon qonli tus olib, bugungacha 60 mingdan ziyod insonning yostig’i quridi. Namoyishlar hamon tinmagan. Lekin Bashar al-Assad hokimiyatdan ketmoqchi emas. Muxolifat bilan ham gaplashishga tayyor emas.
BMT ta’biricha tomonlar murosa qilishga majbur, agar maqsad Suriyani davlat va xalq sifatida saqlab qolish bo’lsa.