Suriya armiyasi Rossiya harbiy-havo kuchlari yordamida 10 oy oldin jangarilar qo'liga o'tgan ko'hna Palmira shahrini qaytarib olishga muvaffaq bo'ldi.
Kuzatuvchilar nazarida, bu g'alaba katta ramziy ma'noga ega bo'lib, "Islomiy davlat"ga jiddiy strategik zarba bo'ldi.
Suriya matbuotiga ko'ra, terrorchi guruh parchalana boshladi.
YUNESKO muhofazasidagi Palmira qadimiy shahar bo'lib, undagi ayrim imoratlar salkam ikki ming yillik tarixga guvoh bo'lgan.
Palmira uchun janglar uch hafta davom etdi. Shaharning strategik ahamiyati shundan iboratki, u poytaxt Damashqni mamlakatning sharqiy hududlariga ulovchi trassa bo'yida joylashgan.
Xabarlarga ko'ra, jangarilar sharqdagi Dayr az-Zo'r tomon chekingan. Armiya ularga qarshi amaliyotlarni endi Palmiradan turib rejalaydi.
Ayni damda sapyorlar jangarilar qoldirib ketgan portlovchi moddalar, minalar, qo'lbola bombalarni zararsizlantirmoqda.
Palmira uchun janglarda 400 jangari va 180 askar nobud bo'lgani aytilmoqda.