Breaking News

Suriya muxolifati tinchlik muzokaralariga shubha bilan qaramoqda


Suriya Milliy koalitsiyasi rahbari Xolid Xo'ja (markazda) matbuot konferensiyasida, Istanbul, Turkiya, 5-yanvar, 2015-yil.
Suriya Milliy koalitsiyasi rahbari Xolid Xo'ja (markazda) matbuot konferensiyasida, Istanbul, Turkiya, 5-yanvar, 2015-yil.

Suriyada rejimga qarshi kurashayotgan muxolifat fuqarolar urushi tugashi uchun nafaqat Prezident Bashar al-Assad, balki uning hukumatdagi boshqa yaqinlari ham hokimiyatdan ketishi kerak, deya talab qo'ymoqda. Bu esa tinchlik muzokaralarining davom etishini yanada qiyinlashtiradi.

Suriya tinchlik muzokaralari, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:43 0:00

Siyosiy muxolif kuchlar va isyonchilar to'rt yildan beri Assadni hokimiyatdan ag'darishga urinib keladi. Ular 250 mingdan ziyod odamning yostig'ini quritgan urushga chek qo'yish bo'yicha boshlangan yangi tashabbusga shubha bilan qaramoqda. Assadning himoyachisi bo'lgan Rossiya va Eron G'arbni fikridan qaytarishi mumkin, deya xavotirda ular.

O'tgan hafta Venada boshlangan muloqotda 17 davlat, jumladan, AQSh, Rossiya va Eron ishtirok etmoqda. Suriya muxolifati fikricha, Eron BMT tashabbusi bilan qabul qilingan 2014-yilgi Jeneva bayonotini tan olsagina muzokaralarda ishtirok etishiga ruxsat berilishi kerak. Jeneva kelishuvida Assadning hokimiyatdan ketishi shart qilib qo'yilgan.

G'arb qo'llab-quvvatlayotgan Suriya Milliy koalitsiyasi vitse-prezidenti Nag'am al-G'adri Eronning anjumanga o'z ta'sirini o'tkazishidan tashvishda.

"Eron qatnashmasin, demaymiz. Lekin Assadning ketishini shart qilib qo'ygan Jeneva bayonotini tan olishini so'raymiz", - deydi u.

Al-G'adriga ko'ra, koalitsiya va g'arblik hamkorlar o'rtasidagi ishonch tobora susayib bormoqda. Suriya Milliy koalitsiyasi yoki Assad hukumati muzokaralarda ishtirok etmaguncha, bu gaplardan foyda yo'q, deydi u.

"O'tish hukumatining birinchi kunidan Bashar al-Assad bo'lmasligi kerak. Kelishuvni imzolashdan hukumat ishini boshlagungacha qanchadir vaqt o'tsa va bu orada Assad hokimiyatda tursa, bunga e'tirozimiz yo'q", - deydi koalitsiya yetakchilaridan biri al-G'adri.

Ayrimlar muzokaralar yakunlanib, muvaqqat hukumat tuzilguncha bir necha oy vaqt o'tishini aytmoqda.

Yana bir muxolif kuch, Muqaddas jangchilar armiyasi so'zlovchisi Zakariyo Malahefji ham Assad va tarafdorlarining hokimiyatdan ketishi tarafdori.

Suriyadagi jangchilar Assadning o'tish davrida hukumatda turishini aslo qabul qilmaydi; Assad rejimiga aloqador odamlar va razvedka idorasi vakillarining ham qolishini istamaymiz, deydi u.

Hozirgi sharoitda tinchlik kelishuviga erishish imkoniyati mavjudligiga kamdan-kam odam ishonadi. Saudiya Arabistoni va Eron o'rtasida yuz bergan kelishmovchilik ortidan Tehron muloqotni tark etishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Rossiya Assadni himoya qilib urushga qo'shilgandan beri ixtilofga siyosiy yechim topish umidi yanada kamaydi.

Bu orada esa urush qurbonlari soni ortib bormoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG