Breaking News

AQSh,Turkiya suriyalik isyonchilarni birgalikda mashqdan o'tkazadi


Qo'shma Shtatlar va Turkiya Suriyada Prezident Bashar Assadga qarshi jang qilayotgan mo'tadil isyonchilarni birgalikda tayyorgalikdan o'tkazishga va jihozlashga og'zaki kelishib oldi. Bunga doir hujjat yaqin kunlarda imzolanishi kutilmoqda.

Pentagon rasmiylariga ko'ra, mart oyidan boshlab Turkiya, Qatar va Saudiya Arabistonida mingga yaqin amerikalik harbiy 5000 suriyalik isyonchining harbiy tayyorgarligi bilan shug'ullanadi.

Bu o'rtada xabarlarga ko'ra, Suriya armiyasi va Hizbulloh jangarilari Halab yaqinidagi bir necha qishloqni isyonchilardan tortib olgan.

Hukumat kuchlari Halabdan Turkiya chegarasigacha bo'lgan yo'lni to'sib qo'yib, isyonchilarga Turkiya tomonidan yordam olishiga halaqit bermoqchi.

BMTning Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Misturaning BMT Xavfsizlik Kengashiga aytishicha, Suriya hukumati Halabga qarshi havo hujumlarini olti haftaga to'xtatishga va'da bergan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG