Breaking News

AQSh-Turkiya Suriya yuzasidan hamkorlikni kuchaytiradi


Istanbul, 11-avgust, 2012
Istanbul, 11-avgust, 2012
Qo’shma Shtatlar va Turkiya Suriyadagi vaziyatga nisbatan birgalikda chora ko’rishga kelishib oldi.



Bu davlatda ahvol kun sayin keskinlashar ekan, har narsaga tayyor turish kerak, deydi diplomatlar.

Prezident Bashar al-Assad isyonchilarga qarshi harbiy harakatlarni davom ettirar ekan, kimyoviy qurollar ishga solinishi mumkin degan xavotir bor.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton bugun Istanbulda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Dovuto’g’li bilan muzokaralar olib bordi.

Birgalikda tuzilgan ishchi guruh harbiy, razvedka va siyosiy choralarni muvofiqlashtirish bilan shug’ullanadi.

Vashington bu orada Suriya va uni quvvatlayotgan tomonlarga, xususan Eron va Livandagi Hizbulloh guruhiga qarshi sanksiyalarni kuchaytirmoqda.

Turkiya hozir o’nlab ming suriyaliklarga o’z bag’riga olgan. Qochqinlar soni oshib bormoqda.

Suriyada 2011-yilning mart oyida boshlangan va bugungacha davom etayotgan qo’zg’olon va hukumat ko’rgan harbiy choralar oqibatida 20 mingga yaqin odamning yostig’i quridi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG