Breaking News

Turkiya Suriya muxolifatini birlashishga chaqirmoqda


The Eiffel Tower is illuminated during the traditional Bastille Day fireworks display in Paris, July 14, 2013.
The Eiffel Tower is illuminated during the traditional Bastille Day fireworks display in Paris, July 14, 2013.
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmat Dovuto'g'li Suriya muxolifatini birlashib, ozodlik va demokratiya sari birga harakat qilishga chaqirmoqda.

"Zaif va tarqoq muxolifat prezident Bashar al-Assad hukumati uchun oson o'ljadir", - deydi Turkiya vaziri.

Bugun Misr poytaxti Qohirada Arab Ligasi homiyligida Suriyaga doir anjuman o'tkazildi. Dovuto'g'li ham unda qatnashgan. Uning aytishicha, Suriya hukumati tarix o'zanini burishga behuda harakat qilmoqda.

"Suriyada yangi hukumat va o'zgarish bo'ladi. Bundan qochib bo'lmaydi. Vaqti kelib, demokratik tuzum boshqaruvni o'z qo'liga oladi. Mamlakat taqdiri Suriya xalqi qo'lida", - dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.

Dovuto'g'lining aytishicha, xalqaro hamjamiyat bu jarayonda faol ishtirok etishi lozim. Juma kuni Parijda ham 100 davlat va tashkilot ishtirokida yirik anjuman o'tkaziladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG