Breaking News

BMT qirg’inga sahna bo’lgan Hamoda tekshiruv boshladi


BMT kuzatuvchilari bugun Suriya poytaxtidan Hamo viloyatiga jo’nab, payshanba kuni dahshatli qatliomga sahna bo’lgani aytilayotgan qishloqni ko’zdan kechiradi.

Muxolifatning bildirishicha, Tremsa qishlog’ida askarlar hujumida o’lganlar soni 200 dan ziyod.



Isyonchilar bugun ham mamlakatning har yerida olishuvlar ro’y bergani, 31 odam nobud bo’lganini ta’kidlaydi.

BMT elchisi Kofi Annan kechagi chiqishida Hamodagi qirg’inda armiya va qurollangan guruhlarni aybladi.

Guvohlar so’zlariga qaraganda, hududni askarlar, tanklar va vertolyotlar bombardimon qilgan.

Muxolifat voqeani o’tgan yil martidan beri eng qonlisi, deya ta’riflamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG