BMTning kimyoviy qurollarni nazorat qilish bo’yicha bosh inspektori Eyk Sellstrom yaqin haftalar ichida Suriyaga qaytib, mamlakatda kimyoviy qurol ishlatilganiga doir boshqa da’volarni ham taftish qilish rejasi borligini ma’lum qildi.
Uning mutaxassislar guruhi Suriyada o’tgan oy bo’lib, bunga doir dalillar izlagan, kimyoviy hujum jabrdiydalari bilan suhbat qilgan. Sellstromning aytishicha, yana 13-14 holatni taftish qilish lozim.
BMT guruhi kimyoviy moddani kim qo’llaganini aniqlash bilan shug’ullanmaydi. Asosiy missiya uning ishga solinganini isbotlashdan iborat bo’ladi.
AQSh va G’arb bu ishda hukumatni ayblasa, Rossiya va Damashq nazarida zaharli gazni aholiga qarshi isyonchilar qo’llagan.
Xabarlarga ko’ra, Suriya hukumati o’z da’vosini tasdiqlovchi dalillarni Rossiyaga uzatgan. Rossiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Sergey Ryabkov kecha Damashqda Suriya tashqi ishlar vaziri Valid Muallim bilan uchrashib, shu xususda gaplashgan.
Ryabkov bugun prezident Bashar Assad bilan uchrashishi kutilmoqda. U BMT hisobotini noxolis va siyosiylashtirilgan demoqda.
Suriya masalasidagi qarama-qarshi fikrlarga qaramay Rossiya, Xitoy, Fransiya, Britaniya va AQSh, ya’ni BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari Suriyadan barcha kimyoviy qurollarni chiqarib, yo’q qilishni tartibga soluvchi rezolyutsiya loyihasi ustida ishlamoqda.
Fransiya, Britaniya va Qo’shma Shtatlar Suriya BMT hujjati shartlarini bajarmasa, unga qarshi harbiy chora qo’llashni taklif qilmoqda, Rossiya bu mazmundagi bandning kiritilishiga qarshi.