Breaking News

Pan Gi Mun Asaddan tergovchilarni Suriyaga kiritishni so'ramoqda


BMT bosh kotibi Pan Gi Mun
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun
BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning aytishicha, Suriyada kimyoviy qurollar ishlatilgani haqidagi da’volarni taftish qilish uchun tuzilgan xalqaro tergov guruhi Suriyaga borishga tayyor va Damashqdan mamlakatga kirishga ruxsat kutmoqda. Guruhga shvetsiyalik olim Ake Sellstrom rahbarlik qiladi.

Hozirda Suriya hukumati bilan texnik va huquqiy masalalar hal qilinmoqda, deydi Pan Gi Mun.

"Suriya hukumati bizga ruxsat berishi bilan guruhimiz mamlakatga kirib, kimyoviy qurol ishlatilgan, ishatilmaganini tekshiradi. Bundan faqat Suriya xalqiga foyda".

Uning aytishicha, masalani imkor qadar tez hal qilish zarur, aks holda namunalarni to’plash qiyinlashadi.

Suriya hukumati va prezident Bashar Assad hokimiyatiga qarshi kurashayotgan isyonchilar bir-birini kimyoviy qurolni ishga solganlikda ayblab keladi. Pan Gi Munning aytishicha, barcha da’volarni tergov qilish kerak.

"Missiyadan maqsad aybdorni aniqlash emas, balki bu turdagi qurollarning haqiqatan ishlatilganini tekshirish", - deydi BMT rasmiylari.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG