Breaking News

AQSh Suriyadagi vaziyatga nisbatan qator variantlarni ko'rib chiqmoqda


Zaharli gazlardan jabr ko'rgan yoki o'lgan bolalar, Damashq, 21-avgust, 2013
Zaharli gazlardan jabr ko'rgan yoki o'lgan bolalar, Damashq, 21-avgust, 2013
Oq Uy Suriyada tobora og’irlashayotgan vaziyatga nisbatan jiddiy chora ko’rish ustida o’ylanmoqda. Ayniqsa fuqarolarga qarshi kimyoviy qurollar ishga solinmoqda degan da’volar Amerika hukumatini xavotirga solib, prezident Barak Obama ortiq qarab turmasligi kerak degan bosim kuchaymoqda.

Prezident maslahatchilarining aytishicha, “qator variantlar” ko’rib chiqilmoqda.

Obama azaldan Suriyaga qo’shin yuborish xato bo’ladi deb keladi.

Ammo hozirda Mudofaa vazirligi Yaqin Sharqdagi dengiz va havo kuchlarini ehtimoliy missiya xususida ogohlantirgan.

Vashington BMT boshchiligida olib borilayotgan tekshiruv natijasini kutmoqda. Ekspertlar Damashqda va ularning asosiy vazifasida kimyoviy qurollar yuzasidan xavotir va da’volarni oydinlashtirish.

Suriyada inson huquqlari faollari hukumat fuqarolarga qarshi zaharli gaz va boshqa vositalar qo’llagani haqida bir dunyo isbot-dalil bor deydi. Ammo hukumat buni qa’tiyan rad etadi.

BMT Bashar al-Assadni tekshiruvda hamkorlik qilishga va ekspertlar uchun sharoit yaratib berishga chaqirgan.

XS
SM
MD
LG