Breaking News

AQSh Suriyaga hujum qilishi mumkin, Rossiya javob beramiz, deydi


Suriya armiyasi
Suriya armiyasi

AQShning BMTdagi elchisi Nikki Xeylining aytishicha, Suriyada kimyoviy qurol ishlatilgani javobsiz qolmaydi va AQSh chora ko’radi.

Matbuotdagi xabarlarga ko’ra, shanba kuni Damashq tevaragidagi Duma shahrida 85 odam kimyoviy zaharlanishdan o’lgan, mingdan ziyodi jarohat olgan.

Xeyli Suriya hukumatini hujumda ayblarkan, BMT Xavfsizlik Kengashi qarorini kutmasdan chora ko’ramiz, deydi. Prezident Donald Tramp maslahatchilari bilan vaziyatni muhokama qilmoqda.

AQSh Davlat departamentiga ko’ra, qurbonlar orasida ayollar va bolalar bor. Amerikaning BMTdagi elchisi Xavfsizlik Kengashida o’tgan majlisda qattiq gapirdi.

“Dunyo adolat qaror topishini ko’rishi kerak. Xavfsizlik Kengashi o’z vazifasini bajarmagani va Suriya xalqini himoya qilmagani tarixda qolajak. Uning o’rniga AQSh chora ko’radi”, - dedi Xeyli.

Rossiyaning BMTdagi elchisi Vasiliy Nebenzyaning aytishicha, Suriyadagi rus mutaxassislari kimyoviy hujum bo’lganiga dalil yoqligini tasdiqlamoqda.

Prezident Donald Tramp hujumni qoralab, javobgarlar jazolanishini aytgan.

“Bu ish ortida kim turganini aniqlaymiz. Rossiyami, Suriyami yoki Eronmi”, - dedi Tramp dushanba kuni.

Rossiya elchisining aytishicha, agar Qo’shma Shtatlar Suriyaga hujum qilsa, Rossiya chora ko’rishga majbur bo’ladi.

Suriya hukumati BMT qoshidagi Kimyoviy qurollarni man qilish tashkilotini Dumaga borib, kimyoviy hujum haqidagi da'volarni tergov qilishga chaqirdi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bu g'oyani qo'llab-quvvatladi.

"Taftish komissiyasi ishiga cheklov qo'yilmasligi kerak", - dedi u.

Rossiya mutaxassislari hududga borib, tuproqdan namuna olganini, guvohlar va tibbiy xizmatchilarni so'roq qilganini aytib, hujum ro'y berganiga dalil yo'qligini bildirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG