Breaking News

"Islomiy davlat" Suriyada falastinlik qochqinlar lagerini nazoratga olgan


Suriyadagi "Yarmuk" falastinlik qochqinlar lageri
Suriyadagi "Yarmuk" falastinlik qochqinlar lageri

Londondan turib Suriyada inson huquqlari bilan bog'liq vaziyatni o'rganayotgan guruh ma'lumotiga ko'ra, "Islomiy davlat" va al-Nusra fronti jangarilari poytaxt Damashq tevaragidagi falastinlik qochqinlar lagerining deyarli 90 fozini nazoratga olgan.

BMT hisobiga ko'ra, Yarmuk lagerida 18 ming odam bor, jumladan ko'p bolalar.

Qo'shma Shtatlar jangarilarning qochqinlar lageriga hujumlarini qoralagan.

"Ikki yildan beri qamal sharoitida, oziq-ovqatsiz, dori-darmonsiz yashayotgan odamlarning hayoti xavf ostida", deyiladi AQSh bayonotida.

Suriyada fuqarolar urushi boshlangach, Yarmuk lageridan minglab falastinlik Livan va Iordaniyaga qochgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG