Breaking News

Arab tilidan dars berayotgan suriyalik qochqinlar


Dars paytida
Dars paytida

Xorijga repatriatsiya qilingan suriyalik muhojirlar nafaqat o'zga mamlakat sharoitiga va madaniyatiga ko'nikishi, mahalliy tilni o'rganishi, balki ish topishi ham muhim. Arab tilini biladigan mutaxassislarga AQShda ish topish oson. Suriyalik qochqinlar dars berish orqali pul ishlamoqda.

“Tilni birga-bir o'rganishdan foyda katta", - deydi Nyu-York universiteti talabasi Laylo Qur'on.

“O'qituvchilarimizning aksariyati fojiali sabablarga ko'ra o'z yurtini tashlab ketishga majbur bo'lgan odamlardir", - deydi loyiha ortida turgan "NaTakallam" shirkati rahbari Alin Sora.

Qochqinlar turli mamlakatlardan turib muallimlik qiladi.

“NaTakallam" onlayn platforma bo'lib, til o'rganmoqchi bo'lganlarni o'rgatuvchilar bilan bog'lashda yordam beradi. Arab tilini o'rgatishda qochqinlar ko'maklashmoqda", - deydi startap rahbari.

Darslar Skype orqali olib boriladi, talabalar soatiga 15 dollar to'laydi.

“Kundalik mavzular, qiziqishlarimiz, mening hayotim, ularning hayoti, dunyodagi voqealar haqida gaplashamiz", - deydi G'ayat ismli muallimlardan biri.

Ba'zilar universitetda o'xshash predmetlardan tahsil olayotgani uchun, boshqalar esa xorijga sayohatga chiqishdan oldin arab tilini o'rganishni xohlaydi, sabablar turlicha. G'ayat Italiyadan turib muallimlik qiladi, 1-2 so'm ishlash maqsadida.

“Inglizchani bilaman, shunga bu yerda ish topishim oson bo'ldi. Inglizcha yoki italyanchani bilmaydiganlarga qiyin”, - deydi u.

"NaTakallam" loyihasi odamlarni bir-biriga yaqinlashtirishga ham yordam beradi.

“NaTakallam" men uchun dunyoga olib chiquvchi derazadir. Mana shu kichik ekran orqali har kuni dunyo kezaman", - deydi G'ayat.

“Bu loyiha yordamida odamlarning qochqinlar haqidagi tasavvurlarini o'zgartirishimiz mumkin, ularning hamma qatori oddiy inson ekanini, ulardan ham ko'p narsalarni o'rganishimiz mumkinligini ko'rishlari mumkin", - deydi Alin Sora.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG