Breaking News

Suriyalik qochqin bolalarga ilm berish kimning bo'ynida?


Ilmga zor suriyalik bolalar, Turkiya maktablarida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:49 0:00

Turkiya uning hududida yashayotgan suriyalik qochqinlarga imkon qadar yordam berayotgan bo’lsa-da, davlat resurslari hamma uchun yetarli emas.

Qochqinlar lagerlarida yashayotganlar uchun bepul ta’lim va tibbiy xizmatlar yo’lga qo’yilgan, ammo lagerlardan tashqarida sharoit xarob. Turkiyada suriyalik yarim million bola maktabga qatnamaydi. “Amerika Ovozi” Istanbul yaqinidagi bir maktabda bo’ldi.

Otaturk maktabida darslar nihoyasiga yetdi. Mingdan oshiq bola uyiga shoshilmoqda.
Boshqalar uchun esa kun endi boshlanyapti.

Maktabning orqa tomonidagi eshikda yuzlab suriyalik bolalar sinfxonalarga kirishga shay.

Ularni Sitki Diyar kutib oladi. U Turkiya Ta’lim vazirligi o’tgan yili sinov tariqasida boshlagan loyihani boshqaradi. Suriyalik bolalarga suriyalik o’qituvchilar dars beradi. Boshidan juda qiyin bo’ldi, deydi Diyar.

“To’rtta sinf xonani ajratish so’ralgan edi, ammo 18 tasini ajratsak ham yetmayapti. O’qishga talab shu qadar kuchli”, - deydi koordinator.

Suriyalik ota-onalar har kuni yangi bolalarni yetaklab keladi. Yangi joy, yangicha sharoit - bolalar birinchi kuni ota-onasidan ajralgisi kelmaydi.

O’quvchilar, asosan, grammatika asoslari, arab tilida o’qish va yozishdan saboq oladi. Chet tili darslari ham bor, jumladan, turk tili.

“Bu loyiha boshlanishi bilan ko’plab oilalar uchun katta bir muammo hal bo’ldi. Ayniqsa, besh va 10 yoshdagi bolalar ta’lim olishi, bir kasbning egasi bo’lib yetishishi juda muhim”, - deydi o’qituvchi Muhammad al-Humadi.

Avvaliga suriyalik bolalarning turk o’quvchilar bilan yonma-yon o’tirib, bilim olishi ham rejalangan edi.

Otaturk maktabi direktori Po’lat Erjan so’zlariga ko’ra, reja ish bermagan. Chunki suriyalik bolalar turk tilida predmetlarni o’zlashtirishda qiynaladi, imtihonlardan o’tolmaydi.

Ba’zi ota-onalar farzandlarining ertangi kunidan xavotirda.

“Butun bir avlod terrorizmga yuz tutadi. Savodsizlik, qashshoqlik tufayli. Bu bolalar ertaga ulg’ayganda kim bo’lib yetishadi? Turkiyada qanday non topadi?”, - deydi bir ona.

Ko’plab o’quvchilar bir kuni vataniga, o’z uyiga qaytish orzusida ekanini aytadi. Yevropa Ittifoqi ta’limiy dasturlar uchun Turkiyaga 100 million yevro ajratishini e’lon qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG