Breaking News

AQSh Tayvanga qurol sotishda davom etadi


AQSh Tayvanga qurol sotishda davom etadi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:34 0:00
AQSh Tayvanga qurol-yarog’ sotishda davom etishi haqida ma’lum qildi. Xitoy v Amerika harbiylari o’tkazgan muzokaralardan so’ng Vashington bu mamlakatga qurol sotishni to’xtatishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ayni paytda Xitoy Respublikasi o’zining eng so’nggi rusumdagi harbiy aslahalarini ko’z-ko’z qilmoqda.

Tayvanning so’nggi harbiy avtoulovi nisbatan kichik va turli xil yo’llarda yura oladi. Uning uzunligi ikki yarim metr bo’lib, ichiga 6-8 ta odam sig’adi. Ushbu harbiy mashinani yasagan “Chempion” avtokompaniyasi xodimi Erin Yan mahsulotga yuqori baho beradi.

“Undan turli tabiiy ofat holatlarida qutqaruv mashinasi sifatida foydalanish mumkin. Shuningdek, jang maydonlarida ham. Tor joylarda ham oson boshqariladi. Politsiyachilarga ham u qo’l keladi. Uni har qanday holat uchun, hatto o’qotar qurolini ham moslab berishimiz mumkin”, - deydi harbiy kompaniya vakili.

Yanning aytishicha, zirhli mashina yadro, biologik va kimyoviy qurollar ta’siriga chidamli.

Zamonaviy harbiy qurollarda “iPhone”larning ishlatilishi keng tus olmoqda. Telefonning kamerasi tungi durbin vazifasini o’taydi. Harbiy muhandislarning aytishicha, bunday telefonlar kamerasi maxsus qulayliklarga ega bo’lib, mashina joyidan jilsa ham, kamerani qayta sozlashga hojat yo’q.

Tayvanning so’nggi harbiy dronini tomosha qilish uchun sayyohlar ham kelmoqda.

“Qurilmani boshqarish juda oson. Uni nazorat qiladigan odam qanday boshqarishni tezda o’rganib oladi. Ya’ni turli holatlarda har qanday odam uni boshqarishi mumkin”, - deydi Gangyu korporatsiyasi bosh menejeri Klark Lin.

Tayvanning ushbu qurollarni ko’z-ko’z qilishdan maqsadi yangi xaridorlar topish. Ammo bu orol-mamlakat o’zini mudofaa qilish uchun harbiy qurollarning aksariyatini AQShdan sotib oladi. AQSh Davlat departamenti so’zlovchisi Jen Psaki bu davlat bilan harbiy savdo davom etajagini bildirdi.

“Tayvan bilan aloqalar” qonuni asosida kelishilgan shartlar bo’yicha, AQSh Tayvanga o’zini himoya qilish salohiyatiga ega bo’lishi uchun mudofaa bilan bog’liq tovar va xizmatlarni sotishda davom etadi. Uzoqni ko’zlab qabul qilingan bu kelishuv Tayvan bo’g’ozi bo’ylab tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga o’z hissasini qo’shadi, deb ishonamiz. Lekin bizning Xitoy bilan bog’liq siyosatimizda o’zgarish yo’q”, - deydi AQSh rasmiysi.

O’tgan hafta AQSh va Xitoy mudofaa rasmiylari Vashingtonda muloqot olib bordi. Aloqalardagi mavjud tushunmovchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qo’shma komissiya tuzishga kelishib olindi. Xitoy matbuoti ushbu guruh Tayvanga qurol sotilishi masalasida ham gaplashishi haqida xabar berdi. Ammo AQSh rasmiylari bu ma’lumotni inkor etdi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG