Tojikistonda Milliy birlik kuni, fuqorolar urushiga yakun yasagan bitimga imzo chekilgan tarixiy sana, har yili keng nishonlanadi. Bu kun hukumat qarori bilan Vahdat - Milliy birlik kuni deb e’lon qilingan. Dam olish kuni. Bayram o'z yo'liga, deydi ayrim ziyolilar, rahbariyat yillar o'tar ekan mazkur bitim qoidalarini buzgan va hozir mamlakatda siyosiy birlik haqida gapirib bo’lmaydi. Oddiy xalq uchun esa eng muhimi tinchlik... Bayram bu safar ham ko’ngilxushlik bilan o’tdi. Ommaning siyosat va hukumat bilan ishi yo’qdek. Oila omon, farzandlarning qorni to’q, usti but bo’lsa yetarli.