Breaking News

Tojikistonliklar: Rossiyaga qo’yilgan sanksiyalar bizga ham ta’sir qiladi


Qrim bilan bog’liq siyosiy jarayonlar sabab G’arbning Rossiyaga qo’yayotgan iqtisodiy sanksiyalari nafaqat bu davlatga, balki uning iqtisodiyoti bilan chambarchas bog’liq Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligidagi (MDH) barcha mamlakatlarga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Tojikistonliklar: Rossiyaga qo’yilgan sanksiyalar bizga ham ta’sir qiladi/Ravshan Shams
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:46 0:00
Yuklab oling

Tojikiston tashqi dunyo bilan aloqalarida ko’proq sharq mamlakatlariga urg’u berishi kerakligi oydinlashdi, deydi tojikistonlik tahlilchilar.

Tojikistonda orziqib kutilgan Navro’z tantanalari kishilar ko’ziga nada quvonch, nada ko’tarinkilik olib kirmaganidek, tabiat ham odamlar kayfiyatidek sovuq va izg’irin.

Sharhlovchi Abdujabbor Yo’ldoshev buni nafaqat tabiat, balki dunyo siyosatidagi o’zgarishlar bilan ham izohlaydi. Ukrainada bo’layotgan o’zgarishlar, Rossiya siyosati odamlarni hushyorlikka undamoqda, tashvishga soluvchi jihatlari ham yo’q emas, deydi u.

“Tojikistonni hoziq bir tomondan Xitoy, u tarafdan Rossiya qattiq nazorat qilmoqda. Bir yoqdan Amerika, bu yog’i Afg’onistonki, bir nima bo’lishi hech kimga ma’lum emas. Navro’z kayfiyati yo’q. Ukraina sabab G’arb Rossiyaga joriy etadigan iqtisodiy sanksiylar bizga albatta ta’sir qiladi. Masala shundaki, Rossiya imperiya siyosatini ochiqdan-ochiq boshladi. Oddiy xalq esa hozir Rossiya hukumati tarafdori, negaki yaqinlaridan biron kishi mehnat muhojirligida bo’lmagan oilaning o’zi yo’q bu yerda. Qo’yib bersangiz, aksariyat dod solib Rossiyaga qo’shilib ketishdan toymaydi”.

Bahorgi tengkunlik ayyomida bayram tadbirlarini televizor orqaligina ko’rib, o’zlari yomg’irda qolgan Abdumalik Jumayev bunaqa hayotdan ko’ra Qrim singari Rossiyaga qo’shilganimiz yaxshi, deydi.

“Kattalar o’zlari uchun maishatini qilishadi, ular uchun ochiq havoda alohida bayram. Oddiy xalq yog’in-sochinda qolib ketmoqda, bolalarga bayram bo’lmad. Avom uchun 2-3 kun kechiktirib bayram deyishdi, bu qanaqa gap. Shunaqa bo’ladigan bo’lsa, qo’ysinlar, biz ham Qrimga o’xshab Rossiyaga qo’shilib ketaylik, harchi maosh, nafaqa bo’lardi”, - deydi Jumayev.

Uning firkicha, оdamlar uchun hozir istiqlol, vatanparvarlik degan havoyi gaplar bir tiyinga qimmat, hamma narsani manfaat va pul hal qiladi. Ish topish kerak, ro’zg’or yuritish zarur, bola boqish lozim.

Nafaqat Tojikiston balki butun Markaziy Osiyo Rossiya ommaviy axborot vositalari ta’siri ostida va bir yoqlama xabarlar olishadi. Turgan gapki, aqidalar ham shunga yarasha.

Kavkaz va Ukraina janubida mehnat muhojirligida bo’lgan Akmalxon deydiki, Qrimda Navro’z tadbirlarining rus telekanallari orqali ko’rsatilmaganining o’ziyoq xabarlarning bir yoqlamaligini tasdiqlaydi.

“O’tgan yili Kavkazda, Qrimda ishlab keldim. U yerda qrim-tatarlar ham Navro’zni bayram qilishadi. Nega Rossiya televideniyesi o’zlariga ma’qul narsalarni hadeb ko’rsatishadyu, masalan Navro’zni ko’rsatmaydi? Mahalliy aholini hammasiyam u yerdagi sharoitdan rozi emas demak, yuragiga bayram sig’maydi. Bayramni o’zi yo’q u yerda, bu yerdagilar ham axmoq emas. Odamlar dunyo ko’rishmoqda, ancha-munchani tushunib qolishgan. Yoshlar juda hushyor, shamol qayerga qarab esayotganini sezishadi. Ishqilib oxiri baxayr bo’lsin, bu yil bizlargayam oson bo’lmaydi”.

Tojikistolik tarixchi Juma Rajabiy fikricha, Rossiya tashqi siyosatida katta burilish boshlangan va u endi hiyla va kuch bilan ish ko’ra boshlab, alal oqibat katta ta’sir doirasini Amudaryogacha olib keladi.
XS
SM
MD
LG