Breaking News

Tojik-afg’on chegarasida qoradori savdosi va jangarilar birdek xavf


Tojik-afg’on chegarasida qoradori savdosi va jangarilar birdek xavf
Tojik-afg’on chegarasida qoradori savdosi va jangarilar birdek xavf

Tojikiston poytaxti Dushanbeda yotqizilgan yangi yo’l mahalliy harbiy baza va Rossiyaga qarashli uch yirik harbiy ob’yekt yoqalab o’tadi.

Rossiyaning chetdagi eng ko’p sonli askarlari aynan Tojikistonda, olti ming zobit bor u yerda.

Lekin chegara tomon, Afg’onistonga yaqinlashgan sayin politsiya to’siqlari ko’payaveradi. Ikki davlat hududi ularni bo’lib turgan Panj daryosi uzra qurilgan ko’prik bilan tutashgan. Uni Qo’shma Shtatlar 40 million dollarga qurib bergan.

Chegaraga deyarli yo’lab bo’lmaydi. Unga yetaklovchi yo’llar to’silgan. Afg’onistonda Panjning u tomoniga qaraganda ko’proq tojik yashaydi.

Tojik-afg'on chegarasida
Tojik-afg'on chegarasida

Dushanbedagi Strategik izlanishlar markazi rahbari o’rinbosari Sayfulla Safarov fikricha, chegara shunaqa mustahkam bo’lishi kerak.

“Afg’onistondan kelayotgan afyun oqimini to’sish zarur”, - deydi Safarov.

Lekin internetda o’z sahifasini ochgan blogger Zafar Abdullayev nazarida bu quruq vahima.

“Aksariyat aholisi musulmon Tojikistonda qoradori iste’molchilari ko’p emas”, - deydi u.

“Tojikiston ahli Afg’onistonda Tolibon tarqalib, ildiz otishidan qo’rqishi kerak”.

Kobuldagi portlashlar
Kobuldagi portlashlar

Shu yilning sentabrida Afg’oniston sobiq prezidenti, bu davlatda yashovchi sakkiz million tojiklar yetakchisi Burhoniddin Rabboniy Tolibon qo’lidan o’ldi. So’nggi paytda u jangarilar bilan muzokaraga mas’ul edi.

Afg’onistonning Tojikistondagi elchisi Abdul G’ofur Orzu xuruj va zo’ravonliklar ajnabiy kuchlarning ishi, deydi.

“Afg’onistonda barcha elatlar, jumladan, tojik, pashtu va balujlar tinch-totuv yashashga qodir”, - deydi elchi.

Tolibon oxirgi paytda rasmiylarni o'ldirishga tushgan
Tolibon oxirgi paytda rasmiylarni o'ldirishga tushgan

Lekin ayrim tahlilchilar fikricha, Afg’onistonda 1990-yillardagi voqealar takrorlanishi mumkin. O’shanda Burhoniddin Rabboniy Shimoliy Alyansga bosh-qosh bo’lgan edi. Toliblarga qarshi kurashuvchi bu ittifoq bugun qayta tiklanmoqda.

Dushanbelik tarixchi muallim Ismoil Rahmatovning aytishicha, tojiklar yetakchiligidagi Shimoliy Alyans qudratli guruhdir.

Qo’shma Shtatlar Afg’onistondan askarlarini olib chiqishga kirishgan bir pallada Tojikiston janubdagi sarhadlariga diqqatni oshirishi lozim.

Bu uzun chegarani yopish ikki tomondagi oilalarni ajratish demakdir. Ammo Tolibonning butun Markaziy Osiyoga tarqalishining oldini olish uchun zarur chora bu, deya javob qiladi rasmiylar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG