Breaking News

Tojikiston: Ko'pxotinlilik jinoyat, lekin qonun bilan kimning ishi bor?


Dehqon ayollar, Dushanbe viloyati
Dehqon ayollar, Dushanbe viloyati

Ko’plab musulmon o’lkalarida kuzatilgani kabi Tojikistonda ham keyingi yillarda ko’pxotinlilik oddiy holatga aylanib bormoqda.

Tojikistonda ko'pxotinlik jinoyat, lekin qonun bilan kimning ishi bor? Ravshan Shams
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:54 0:00
Yuklab oling

Norasmiy ma’lumotlarga ko’ra, beva ayollarning 30 foizga yaqini noqonuniy, faqatgina islomiy nikohdan o’tib, ikkinchi va hatto uchinchi xotin sifatida yashamoqda.

Mustaqil manbalarda aytilishicha, ko’pxotinlilik amaldorlar, tadbirkorlar va mehnat muhojirlari orasida ko’proq uchraydi. Bir necha yil oldin shunday kishilarning harakati bilan buni qonunlashtirish maqsadida masala hatto parlamentda ham ko’tarilgan edi.

Tojikiston qonunlariga ko’ra poligamiya jinoyat hisoblanаdi. Jamiyatda ham bu holat qoralansa-da, ikki va uch ayol bilan kun o’tkazayotganlar talaygina.

Tojikiston jinoiy kodeksining 170-moddasiga ko’ra, ikki yoki undan ortiq ayol bilan turmush qurib yashayotganlar shartli ish haqining ming barobaridan ikki ming barobarigacha jarima yoki ikki yilgacha majburiy mehnatga jalb etish bilan jazolanadi.

Bu modda bilan respublikada yiliga 1-2 marta sud mahkamasi bo’ladi, shunda ham ish og’ir oqibatlarga yetib borsa.

Tоjikistonda o’rtacha ish haqi 100 dollar atrofida bo’lganda 16000 dollardan ortiqroq jarima to’lash hammaning ham qo’lidan kelavermaydi.

Tojikistonlik ziyoli, o’zbek ayoli Gavharoy Ergasheva shariat qoidalarini tan olarkan, bevalarni ham tushunish zarur deydi, biroq ko'pxotinlilikka qarshiligini bildiradi.

“Chunki bir ayolga muhabbat qo’yib, farzandlari oldida shirin turmush qurmoq, bu - insonning eng oliy fazilati hisoblanadi. To’g’ri, hozir beva ayollar nihoyatda ko’p, ular boshqa yo’llarga kirib ketmoqda. Agar oilasi, umr yo’ldoshi rozi bo’lsa, bunga mone’lik bo’lmasa, erkak kishi ikkinchi, uchinchi ayolga uylanishi mumkin. Ayrim ayollar borki, buni ko’tarolmaydi, o’zini o’lmga ham olib borishi mumkin, shuning uchun men ko’pxotinlilikga qarshiman”.

Ko’pxotinlilik jamiyatda qator muammolarni keltirib chiqaradi. Tojikistondagi bu holatdan yaxshi xabardor amerikalik huquqshunos Stiv Sverdlov deydiki, ayollarni mulkka qonuniy egalikdan mahrum etuvchi noqonuniy nikoh birinchi xotinning hadsiz iztiroblariga sabab bo’ladi, uni qattiq ruhiy iskanjaga soladi, shu sabab har qanday voqea yuz berishi mumkin.

“Dunoviy qoidalardan farqli ravishda shariat ko’pxotinlilikga yo’l bersa-da, mening fikrimcha, bu jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Bu narsa iqtisodiy krizis, migratsiya, korrupsiya va qonun ustivorligidagi zaiflik bilan bog’liq. Tojikistonda hozir ko’pxotinlilik borasida aniq huquqiy xulosaga kelinmagan deb o’ylayman. Lekin respublikada bu narsa jinoiy javobgarlikni ko’zda tutar ekan, demak, ayollar huquqi albatta himoyalanishi shart. Bu mavzu Tojikistondek mamlakat uchun nihoyatda nozik bo’lgani uchun, chetdan turib unga izoh berish ham mushkul. Chunki, mahalliy mentalitet ham ko’p narsani hal qiladi”,- deydi Svedlov, "Human Rights Watch" huquq tashkiloti yetakchi mutaxassisi.

Dushanbe ko'chalarida
Dushanbe ko'chalarida

Ikki ayoli bilan ochiq, uchinchisi bilan yashirincha nikoh o’qitib yashayotgan bir amaldor ularning har uchchalasini ta’minlab qo’yganligini, ammo ikkinchisi yosh va o’ta rashkchi bo’lganligi sabab, uchinchisini bildirmasligini gapiradi. O’zining aytishicha, ikkinchi ayoli beva bo’lgan, ammo uchinchi nikohni bokiraga qilgan.

Dushanbelik ziyoli Omonjon Turdiyev bu kabi insonlarni tushungandek. Bu ko’ngil-da, o’sha ayolni iqtisodiy jihatdan to’liq ta’minlay oladigan bo’lsa marhamat, unga har ikki tomonlama qarshiliksiz bo’ladi, hech kim hech kimni majbur qilmaydi, deydi u.

Qishloq joylarda ham mehnat muhojirlari va tadbirkor erkaklar orasida bir necha ayol bilan oila qurganlar bor. Lekin buni hamma ham ko’taravermaydi. Turmush o’rtog’i yoki jo’rasi mavzu haqida og’iz ochsa, hech narsadan tap tortmaydigan juvonlar ham yo’q emas.

"Avval oila, bola-chaqani udalashsin, qozonimiz go’sht ko’rmaydi, agar bilib qolsam ham tagimga bosib burdalab tashlayman", - deydi qahrga to'lgan ayollardan biri.

Ammo bunday juvonlar sanoqli, ko’pchilik zamon ruhiga moslashgandek.

"Оila va jamiyat" nadavlat tashkiloti vakiliga ko’ra, mamlakatda ko’pxotinlilik ortib borarkan, respublika qonun-qoidalariga o’zgartirishlar kiritish vaqti kelgan.

Chunki, jinoiy javobgarlik bilan ish bitmaydi, oyni ham etak bilan yopib bo’lmaydi, bor narsani ko’rmaslikga olish o’zimizga zarar keltiradi, deydi u.

XS
SM
MD
LG