Breaking News

"Somoniy vorislari"... Tojikiston o'rta maktablarida


Tojikistondagi to’rt mingga yaqin o’rta ta’lim maktablarida bir million yetti yuz mingdan ortiq bola ta’lim oladi.

Qishloq, nohiya va shahar maktablaridagi sharoit yer bilan osmoncha farq qiladi. Nohiya va qishloqlarda o’quvchilar zamonaviy vositalar va uzzu-kun elektr energiyasi bilan ta’minlangan. Ular shaharlarda issiq sinfxonalarda ta’lim olayotgan tengdoshlariga havasu-hasad ham qilishadi.

Sobiq sho’rolar davrida maktab o’quvchilari mashg’ulotlaridan bo’sh vaqtlar va ta’til kunlarida “Pionerlar uyi”dagi turli tuman to’garaklarga qiziqib ishtirok etishardi.

Zamona zayli bilan ularning ko’pchiligi yo’q bo’lib ketdi. “Somoniy vorislari” tashkiloti vujudga keldi. Unga a’zolik ba’zida viloyat markazlarida katta tantana bilan o’tkaziladi. Qasamyod marosimlari - yirik tadbirlar.

Elektr energiyasining poytaxtdan boshqa barcha yerlarda cheklangani mana shu vorislarning maktabdan tashqari to’garaklarda ishtirokiga ham ta’sir o’tkazmay qolmadi.

“Somoniy vorislari” markazlari qoshida odatiy shaxmat – shashka, bichish-to’qish, badiiy havaskorlik to’garaklari qatoriga zamonaviy texnik qurilmalar talab etilmaydigan, milliy o’yinlarni o’z ichiga olgan oshiq, lanka, happak, lappak, arg’amchida sakrash kabi musobaqalarni tashkil etish qiziqarli bo’lib qoldi.

Bu kabi antiqa eski yangiliklar yoshlarni bir tomondan yomon yo’llarga kirib ketishdan asrasa, ikkinchi tomondan ularning chaqqon, zukko va abjir bo’lishlariga sabab bo’ladi. Ularni rag’batlantirish homiylarning himmatiga bog’liq, yoki ko’pincha kompyterdan ciqarilgan iftixornomalar bilan cheklanilsa, ba’zida yozgi lagerlarga imtiyozli yo’llanmalar berib qo’yiladi.

Garchi juda ko’p o’qituvchilar mamlakatda maorif sohasidagi ba’zi o’zgarishlarga ro’yxushlik bildirmasalarda, mavjud sharoitga ko’nikishdan boshqa iloj yo’q deyishadi.
XS
SM
MD
LG