Breaking News

Suriya borasida Tojikiston ahli ikkiga bo’lingan


Suriyadagi vaziyat tojikistonlik ziyolilar orasida ham qizg’in bahslarga sabab bo’lmoqda. Ba’zilar rahbar Bashar al-Assad ketishi kerak desa, ayrimlar rasmiy Damashqni qo’llaydi.

Yirik davlatlar rahbarlarining so’nggi uchrashuvlari yakunida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning chiqishlarini kuzatgan tojikistonlik ziyolilarning bir qismi Assad hukumatiga yon bosgandek, ammo, aholining aksariyati diktaturaga qarshi fikr bildiradi.

Tojikistonda Suriya haqida yangrayotgan fikrlar/Ravshan Shams
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:57 0:00
Yuklab oling

Bu yerda ham Suriyadagi kabi jamiyat ikkiga bo’lingandek. Mahalliy ekspert Hasanjon Isroilov tinchlik uchun Bashar al-Asadning hukumatdan ketishini yagona yo’l hisoblaydi.

Suriyadagi qon to’kilishlarga qarshi kurashish, fitnalarga chek qo’yish kerak, deydi u.

Suriyaga qurol yetkazib berayotgan Rossiya pozitsiyasini sharhlar ekan, Hasanjon ularning ham o’z manfaatlari borligini urg’ulaydi. G’arb davlatlarida tahsil olgan yosh ziyoli Faridun Hoshimovning fikricha, yoshlarning Yaqin Sharqdagi vaziyatga qarashlari ularning global tarmoqdan olgan ma’lumotiga qarab shakllanmoqda.

“Ko’pchilik namozdan keyin Facebook yoki Odnoklassnikdan olgan ma’lumotni muhokama qilishadi. Assadni Eron, Rossiya va Xitoy qo’llamoqda, shu ketishda bo’lsa, mintaqada katta urush boshlanib ketishi mumkin”, - deydi u.

Iste’fodagi mayor, sobiq zobit Erkin Vallamov Suriya hukumatiga qurol-yarog’ yetkazib berayotganlar tarafida. Uning fikricha, dunyo siyosatida ikki qutb bo’lgani durust, jahonga qaysidir sistema hukmronlik qilishi ma’qul ko’rinmaydi.

“Jahondagi buyuk davlatlar ochiqdan ochiq e’lon qilib aytmoqdaki, biz u taraf, biz bu taraf deb. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Britaniya bosh vaziriga aytgan gaplari to’g’ri. Har davlatlar Suriya xalqiga nisbatan faqat o’zining siyosatini olib bormoqda. Amerika va Angliya tinchlikni emas, uzoq kelajakni, manfaatlarini o’ylab ish yuritmoqda”, - deydi u.

Tojikiston Islom uyg’onish partiyasi So’g’d viloyat bo’limi raisi Naimjon Sameyev aytadiki, Bashar al-Asadning insofi bo’lganda darhol islohotlarni yo’lga qo’ygan bo’lardi.

“Bu Assadning islomga qarshiligi ko’p ko’riladi, bugungi oppozitsiya hammasi Suriyaning fuqarolari. O’rtaga kirayotgan davlatlar ham xolisona kirsin”, - deydi u.

Mahalliy kuzatuvchilar nazarida har ikki tomonni qurollantirish mintaqada uzoq yillarga cho’zilgan qonli urushlarga sabab bo’lishi mumkin.
XS
SM
MD
LG