Tojikistonning Xatlon viloyatida o’zbek jamoasi yetakchisi Salim Shamsiddinov bedarak ketgan. Oila a’zolari uni oxirgi marta 15-mart kuni ko’rgan.
Xalqaro Amnistiya (Amnesty International) inson huquqlari tashkilotiga ko’ra, Shamsiddinov siyosiy sabablar bilan o’g’irlab ketilgan bo’lishi mumkin. Ammo Xatlon ma’muriyati rasmiylari bu da’volarni rad etadi.
58 yoshli Salim Shamsiddinov Tojikiston hukumatini millatchi siyosatda ayblab, prezident saylovlariga doir qonunlarni o’zgartirishga chaqirib kelayotgan faollardan edi.
O’tgan yili may oyida u Xatlon viloyati milliy xavfsizlik boshqarmasi oldida noma’lum shaxslar tomonidan do’pposlab ketilgan. Mahalliy kuzatuvchilar fikricha, Shamsiddinov Tojikiston hukumatini o’zbekzabon aholiga nisbatan diskriminatsiyada ayblab, matbuotga bergan intervyulari uchun jazolangan.
G’oyib bo’lishi oldidan ham xuddi shu mavzuda matbuot anjumani rejalagan edi.
Janubiy Tojikistondagi o’zbeklar yetakchisi o’z jamoasini kuzgi prezident saylovlarida muxolif Sotsial-Demokratik partiya rahbari Rahmatillo Zoirovga ovoz berishga undagan.
Huquq tashkilotlari Tojikiston hukumatini darhol tergov boshlab, Salim Shamsiddinov qayerda ekanini aniqlashga va bu borada ommaga hisobot berishga chaqiryapti.