Breaking News

Tojikistonda qahraton qish, fotolavha

Tojikistonda qish aholi uchun sinov. Chiroqsizlik uzoq sovuq tunlar ko’pchilkning joniga tekkan. Asrlardan beri odamlar joniga oziq bo’lib kelayotgan chorva tezagi asosiy isitish manbai. Qishloq joylarida sutkasiga atigi 4-5 soatdan elektr toki beriladi xolos. Holbuki, hukumat qaroriga ko’ra, elektr energiyasi uchun limit nohiyalarga sutkasiga 14 soatdan deb belgilab qo’yilgan. Tojikistonda yirik tabiiy ko’mir konlari bo’lsada, ulardan foydalanish juda orqada qolgan. Konlar tog’larda joylashgan va ulardan foydalanish juda mushkul. Ilgari qish uchun aholi tonnalab ko’mir olgan bo’lsa, hozir uni qoplab va kilogrammlab olish odat tusiga kirgan. Uning bir qopi 15 dollar atrofida. Shahar aholisi uchun umumiy isitish tizimi ertakka aylanib qolganiga ancha yillar bo’lgan.

16x9 Image

Ravshan Shams

Tojikistondagi jamoatchi muxbir. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy mavzularni yoritadi.

XS
SM
MD
LG