Breaking News

Tolibon bilan uchrashuvga Kobuldan delegatsiya boradi


AQSh va Tolibon harakati o’rtasida muzokaralar bir necha oydan beri davom etayotgan bo’lsa-da, haligacha qanday mavzular bo’yicha qat’iy kelishuvga erishilgani ayon emas. AQSh diplomati Zalmay Halilzodga ko’ra, Amerika Afg’onistonni tark etishga urinmoqda, lekin tinchlik ta’minlanishi lozim.

Afg’on hukumati muzokaralar jarayonidan rozi emas. Prezident ishchi guruhi Zalmay Halilzod va afg’on siyosiy faollarining toliblar bilan muzokaralarini vaqti-vaqti bilan tanqid qiladi.

Afg'oniston Tolibon bilan uchrashuvga delegatsiya yuboradi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:17 0:00

7-aprel kuni Kobulda siyosiy partiyalar vakillari, hukumat tanqidchilari, ayollar va yoshlar ishtirokida Tolibon bilan muzokaralar bo’yicha hukumatga maslahat beruvchi kengashning birinchi majlisi bo’lib o’tdi.

Afg’oniston prezidenti unda so’zlab, shu oy Qatarda o’tkazilishi kutilayotgan uchrashuvlarda qatnashuvchi delegatsiya a’zolari tanlanishini ma’lum qildi.
Prezident Ashraf G’ani “tuzumga jiddiy qarshi bo’lgan, 18 yillik yutuqlarni hurmat qilmaydigan odamlarga delegatsiyaga yo’l berilmasligi kerak”, deya ta’kidladi.

Tolibon guruhi hukumat bilan muzokara qilishni xohlamaydi. Qatardagi uchrashuvda hukumat rasmiylari qatnashmaydi, deyilgan. Lekin sobiq prezident Hamid Karzay ushbu muzokarada ishtirok etishini bildirmoqda.

“Hukumat uchrashuvlarda qatnashishi uchun harakat qilamiz. Hukumat ishtirok etmas ekan, ushbu milliy jarayonni to’xtatib qo’ya olmaymiz, bu guhoh va jinoyat”, - deydi Hamid Karzay.

U AQShning Afg’oniston bo’yicha maxsus vakili Zalmay Halilzodni maqtadi. Halilzod, deydi Karzay, AQShning eng ma’qul vakilidir. Suhbatdosh deydiki, muzokaralar natijasiga qarab qadam tashlash kerak.

Afg'oniston sobiq prezidenti Hamid Karzay Qatardagi muzokarada ishtirok etishini bildirmoqda
Afg'oniston sobiq prezidenti Hamid Karzay Qatardagi muzokarada ishtirok etishini bildirmoqda

Hamid Karzay Pokiston bosh vazirining Afg’onistonda vaqtinchalik hukumat tashkil qilish taklifini mamlakat ichki masalalariga aralashuv deb hisoblaydi.

“Prezident saylovi muzokaralarning bir qismiga aylanishi uchun vaqtinchalik hukumat tuzish kerak. Bu aralashuv emas, maslahat”, - deya javob beradi Pokiston Bosh vaziri Imron Xon.

Zalmay Halilzod besh kun Kobulda bo’lib, hukumat rasmiylari va siyosiy rahbarlar bilan ushrashganidan keyin ikki kunlik safar bilan Pokistonga borgan edi. U Kobulga qaytganini ma’lum qilgan.

“Afg’onistonda 40 yildan beri davom etayotgan urushga nuqta qo’yish vaqti yetib keldi. Bu yil Afg’oniston uchun tinchlik yili bo’lishini orzu qilaman”, - deydi Halilzod “Ozodlik” bilan suhbatda.

Uning ta’kidlashicha, AQSh qo’shinlarini qaytarish uchun muzokara qilayotgani yo’q. Lekin sulh xorijiy askarlar Afg’onistonni tark etishiga albatta zamin yaratishi kerak.

Halilzod fikricha, afg’on hukumati Tolibon bilan sulh bitimini imzolashi bilanoq, Pokiston hukumati bilan ham kelishuvga qo’l qo’yishi kerak. Ushbu bitim Pokistonning Afg’onistonga aralashuvini to’xtashishi lozim.

Ayni damda hukumat muzokara bo’ycha an’anaviy Loya Jirg’a yig’ilishini o’tkazish arafisida. Ushbu tabdirda Afg’onistonning barcha hududlaridan 2500 vakil qatnashadi. Ular muzokara borasida fikr almashib, yig’ilish xulosalari, qarorlarini hukumatga topshiradi.

Loya Jirg’a anjumani 29-aprel kuni Kobulda o’tkazilishi kutilmoqda.

Ayrimlar nazarida qonunchilik palatasi mavjud bir mamlakatda Loya Jirg’a o’tkazish to’g’ri emas. Deputat Favziya Ko’fiyga ko’ra, bu ish prezident uchun saylov kampaniyasidan boshqa hech gap emas.

Siyosiy faollardan biri Javod Miryor fikricha esa hukumat Loya Jirg’a uchun besh million dollarni bekorga sarflaydi.

Ayni damda Afg’oniston oliy tinchlik kengashi bosh kotibi Umar Dovudzay muzokaralar bo’yicha hanuz noaniqlik mavjud ekanidan norozi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG