Breaking News

Sudlar Trampning farmoniga qarshi


Oq uy g'azabda. Trampning qarori shu hafta kuchga kirishi kerak edi.
Oq uy g'azabda. Trampning qarori shu hafta kuchga kirishi kerak edi.

AQShning Gavayi va Merilend shtatlaridagi federal sudlar Prezident Trampning musulmon davlatlardan odamlarni kiritmaslikka doir farmonini to'sgan. Oq uy g'azabda. Trampning qarori shu hafta kuchga kirishi kerak edi.

"Xavfni ko'rmaganga olayapmiz, qonunlarni rad etayapmiz. Prezident bu davlatning buzuq immigratsion tizimini tuzatish uchun saylangan edi. U konstitutsiyada belgilangan huquqlaridan foydalanib, davlatni himoya qilishda davom etadi", - deydi Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser.

Immigratsiyani cheklashga oid dastlabki farmon 27-yanvarda imzolangan va kutilmaganda e'lon qilingan edi.

Natijada minglab odamlar Amerikaga kira olmay aeroportlarda sarson bo'ldi va ketidan sudlar farmonni to'xtatdi.

Huquq tashkilotlari qarorni insonni kamsituvchi, bosh qomusga zid deya tanqid qiladi.

Federal sudlarning qarshiligiga qaramasdan, Tramp ma'muriyati taqiqni joriy etish uchun kurashni davom ettirmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG