Breaking News

Uyali telefonlar davridagi "idrokli" avtomobillar


Nyu-Yorkdagi xalqaro avtoshouda "idrokli" avtomobillar taqdim etildi. 23-mart 2016-yil
Nyu-Yorkdagi xalqaro avtoshouda "idrokli" avtomobillar taqdim etildi. 23-mart 2016-yil

Avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar uyali telefonlar imkoniyatlaridan keng foydalanmoqda. Natijada “idrokli” mashinalar paydo bo’lmoqda. Nyu-Yorkdagi avto-shouda shunday avtomobillar taqdim etildi.

Bugun uyali telefonlarni qo’limizdan qo’ymaymiz. Avtomobil sanoati mutaxassislari ham buni payqagan va telefonga “quloq soladigan” mashinalar yaratishmoqda.

“Bitta knopkani bosishimiz bilan hamma narsa muhayyo bo’lishini, ishlar bajarilishini kim istamaydi deysiz. Hech qayerga borish shart emas, ishga qo’l urmasdan yashash mumkin”, - deydi Ford kompaniyasi rasmiysi Jim Buchkovskiy.

“Ford” yaqinda “FordPass” mobil platformasini taqdim etdi. U bilan parkovka uchun joy topish va pul to’lash mumkin.

“Byuik” kompaniyasi esa maxsus dastur bilan haydovchilarni mashinaga bog’laydi.

“Mashinam Detroytda, men esa Nyu-Yorkda turib, uni yurg’iza olaman. Yoki xotinim mashinani ocholmasa, Nyu-Yorkda turib mashina qulfini ochib bera olaman”, - deydi kompaniya rasmiylaridan biri.

4G LTE texnologiyasi yordamida bitta mashinaga yettitagacha mobil qurilma bilan ulanish mumkin.

“Ular mashina ichida o’zini uyidagidek sezsin, deymiz. Odamlar mashina haydab maza qilishni xohlaydi. Yangi texnologiya ularga shunday imkoniyatni yaratib beradi”, - deydi “Byuik”ning marketing bo’yicha mutaxassisi Rob Piterson.

Zamonaviy texnologiyalar tufayli avtomobilsozlik sanoati borgan sari yangi marralarni zabt etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG