Breaking News

Respublikachi musulmonlar: "Islomiy davlat"ni yo'q qilish kerak


AQSh musulmonlari: "Islomiy davlat" ning islomga aloqasi yo'q
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:19 0:00

AQSh musulmonlari: "Islomiy davlat" ning islomga aloqasi yo'q

Musulmon amerikaliklar Parijda yuz bergan xuruj tashkilotchilarini keskin qoraladi. Respublikachi musulmonlar koalitsiyasi "Islomiy davlat"ga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi. "Amerika Ovozi" koalitsiya prezidenti Saba Ahmed bilan suhbatda bo'ldi.

AQSh musulmonlari terrorizmga qarshi, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:56 0:00

Ko'pchilik qatori, Amerika musulmonlari ham Parijdagi xurujlardan dahshatga tushdi.

Saba Ahmed huquqshunos va Respublikachi musulmonlar koalitsiyasi prezidenti. U terrorchilarni keskin qoralaydi.

"Ularda qochoqlarga boshpana berayotgan G'arb davlatlaridagi tinch aholini o'ldirishga hech qanday asos yo'q", - deydi u.

Saba Ahmed deydiki, bunday hujumlar orqali IShID kabi guruhlar musulmonlarga aziyat yetkazmoqda.

"IShID terroridan zarar ko'rganlar, avvalo, musulmonlar. Ular Suriya, Iroq va butun Yaqin Sharqda begunoh musulmonlarni o'ldiryapti", - deydi u.

Qolaversa, bu guruhning dinimizga hech qanday aloqasi yo'q, deydi musulmon faol.

"Ular dinimizni buzib ko'rsatyapti, o'z jinoiy qilmishlarini oqlash uchun diniy ta'limotdan foydalanishyapti", - deydi u.

Saba Ahmed, Fransiya hukumati kabi, kuchli harbiy chora ko'rish kerak, degan fikrda.

"Iroqda IShID qarorgohlarini nishonga olib, katta kampaniyalar boshlashgani yaxshi. Bu tarmoqlarni yakson qilish va kelajakdagi qonxo'rliklarning oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko'rish kerak", - deydi u.

Ammo uning nazarida terrorizmga qarshi uzoq muddatli reja kerak.

"Yaxshiroq strategiyaga ega bo'lishimiz kerak. Prezident Obama bugun ertalab ittifoqdoshlar bilan ularning manzillarini qanday yo'q qilish lozimligi haqida gapirdi", - deydi u.

Saba Ahmed fikricha, AQSh va dunyo bo'ylab musulmonlar bilan aloqa o'rnatish ham muhim. Terrorizmga qarshi global kurashda ular katta yordam manbai bo'ladi, deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG