Breaking News

Tailand 100 ga yaqin uyg'urni Xitoyga deportatsiya qildi


Tailand 100 ga yaqin uyg'urni vataniga jo'natib yuborgach, huquq tashkilotlari ularning ahvoli ne kechadi deya bong urmoqda.

Diskriminatsiya va ta'qiblardan shikoyat qilib, Shinjon-Uyg'ur muxtoriyatini tark etgan va boshqa davlatlarda boshpana izlayotgan uyg'urlar ko'p. Ular ba'zida noqonuniy migrant sifatida qo'lga olinadi.

Tailand hukumati so'zlovchisi qariyb 100 uyg'urning shaxsi aniqlangach, Xitoyga jo'natdik, deya qayd etmoqda. Ular qatorida yana 170 kishi Turkiyaga jo'natilgan.

Xitoy hukumati uyiga qaytarilgan uyg'urlarga biror ziyon yetmaydi, deya Tailandga kafolat bergan. "Human Right Watch" tashkilotidan Sunay Phasuk esa Tailand qarorini tanqid qilib deydiki, Xitoyga deportatsiya qilingan uyg'urlar qiynoqqa solinishi mumkin. BMT Qochqinlar agentligi ham shu mazmunda bayonot berdi.

Bu orada, AQSh Vakillar Palatasi Xitoyning Tibet mintaqasida inson huquqlari bilan bog'liq ahvolni yaxshilashga chaqirib, rezolyutsiya qabul qildi.

Hujjat majburiy kuchga ega emas. Unda Tibet xalqi talab qilib qilayotgan kengroq avtonomiya, o'ziga o't qo'yish hollari va boshqa masalalarda muzokara boshlash zarurati tilga olingan.

AQSh Kongressida rezolyutsiyaga ovoz bergan ham respublikachi, ham demokrat qonunchilar Tibet rahnamosi Dalay Lamani global tinchlik elchisi deya maqtab, uni 80 yoshga kirgani bilan qutlagan.

Xitoy talqinicha esa Dalay Lama xavfli ayirmachi va Tibetda o'ziga o't qo'yayotgan odamlar hayoti uchun javobgardir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG