Breaking News

Shukronalik kuni - AQShning milliy bayrami


Har yili noyabr oyining so'nggi payshanbasida o'tadigan bu bayram ko'pchilik amerikaliklar uchun oilaviy yig'ilish va kurkali taom yeyish demakdir.

Shukronalik kunida oila va to's-to'kinlik qadrlanadi, mehr-oqibatli bo'lish targ'ib qilinadi.

Davlat rahbarlari oddiy odamlar bilan yonma-yon turib, yo'qsil va boshpanasiz insonlarga ovqat ulashadi, ularning dardini so'raydi.

Bu bayram 1621-yildan beri nishonlanadi.

Shimoliy Amerikaga borib qolgan yevropaliklar qahraton qishdan keyingi mavsumda olingan yaxshi hosil uchun Yaratganga shukur qilib, kurkani qurbon qiladi. Dasturxoniga yerli aholi hindularni taklif qiladi.

Hindular ham o'z yeguliklarini yevropaliklar bilan baham ko'rib, yangicha taomlar paydo bo'lgan. Lekin keyinchalik qonli urushlar boshlanib, rishtalar uzilgan.

1789-yildan beri esa bu kun milliy bayram sifatida nishonlanadi.

Shukronalik ayyomining ertasiga do’konlarda yirik chegirmalar taklif etilgani bois "qora juma" nomini olgan bu kun erta saharda savdo markaziga birinchilardan kirish uchun odamlar payshanba tundan boshlab navbat egallaydi. Yirik shaharlarda Shukronalik kuni paradi o’tkaziladi.

Bu oilaviy bayram bo’lgani uchun shu kuni yo’llar tirband, aeroportlar esa gavjum bo’ladi. Hisoblarga ko’ra, 45 milliondan ziyod amerikalik sayohat qiladi.

Shukronalik kunida diniy marosimlar o’tkazilib, nochorlarga xayriya qilinadi, oziq-ovqat tarqatiladi. AQSh prezidenti va uning oilasi ana shunday tadbirlarda xizmat qiladi.

An’anaga ko’ra, Oq uyda ikki kurka avf etiladi, ya'ni so'yilmaydi.

Xorijdagi harbiy bazalarda zobitlar bir dasturxon atrofiga yig'ilib, bu kunlarga yermagan safdoshlarini yodga oladi.

Yurtdoshlarini xayriya va muruvvatga undayotgan prezident Barak Obama fikricha, Shukronalik kuni insonlarni bir-birini qo'llab-quvvatlashga, mavjud imkoniyatlardan foydalanib, kelajakka umid bilan qarashga o'rgatadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG