Breaking News

Margaret Tetcher olamdan o'tdi


Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Margaret Tetcher 87 yoshida vafot edi.
Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Margaret Tetcher 87 yoshida vafot edi.
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri, "Temir xonim" nomi bilan tarixga kirgan siyosatchi Margaret Tetcher 87 yoshida miyasiga qon quyilishi oqibatida olamdan o'tdi.

Bu haqda farzandlari Mark va Karol Tetcher ma'lum qildi.

Tetcher 1979-yildan 1990-yilgacha Konservatorlar partiyasi yetakchisi sifatida uch marotaba Britaniya bosh vaziri bo'lgan.

Bu lavozmni qo'lga kiritgan yagona ayol bo'lish bilan birga, XX asrda bosh vazirlik kursisida eng uzoq o'tirgan siyosatchi hamdir.

Tetcher xonim o'tgan yilning dekabr oyida tanasining qovuq qismida kichik jarrohlik amaliyotini o'tkazgan.

Doktorlarning aytishicha, avval ham unda miyada qon aylanishi buzilgan holatlar kuzatilgan.

Shuningdek, shifokorlar ayolga 10 yil oldin jamoat joylarida gapirishni to'xtatishni tavsiya qilgan edi.

Margaret Tetcher kuchli va qat'iy siyosatchi sifatida tarixga kirgan.

"Temir xonim" nomini unga nisbatan ilk bor sovet jurnalisti qo'llagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG