Breaking News

Amerikaga tahdidlar: Eron, Rossiya, Xitoy...


AQSh mudofaa vaziri lavozimini vaqtincha bajarayotgan Pet Shenexan Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga yo’l olgan. “Amerika Ovozi”ning vazir bilan safarga chiqqan Pentagondagi muxbiri Karla Babb Shenexandan AQSh yuzlashayotgan tahdidlar haqida so’radi.

Qo’shma Shtatlar Erondan tahdid kuchayayotganini, Shimoliy Koreya yangi raketa sinaganini, Xitoy harbiy salohiyatini oshirayotganini aytadi.

“Mening vazifam Milliy mudofaa strategiyasini tatbiq etish, Xitoyga bu strategiyada asosiy rol ajratilgan”, - deydi Shenexan.

AQShning Gavayi shtati va Indoneziyada to’xtab o’tgach, Shenexan har yili Singapurda bo’ladigan “Shangri-La” mudofaa forumida qatnashadi. Anjuman doirasida u Xitoy mudofaa vaziri bilan uchrashishi kutilmoqda.

Ayni damda bu ikki davlat savdo urushi bilan band, mintaqada ta’sir uchun bellashmoqda.

“Xitoy shu paytgacha teng raqib sifatida ko’rilmagan, ammo, nazarimda, hozir uning salohiyati AQShniki bilan teng va hatto ustun”, - deydi “Demokratiyalar mudofaasi jamg’armasi”dan Bredli Bauman.

Xitoy harbiy qudratini oshirishda davom etmoqda.

“Xitoyning ulkan harbiy byudjeti, o’zining yuqori texnologiyasi bor. Ayniqsa elektronika, robotsozlik, ayrim turdagi raketalar sohalarida. Ya’ni Xitoy Tinch okeani mintaqasida ancha raqobatbardosh bo’lishi mumkin”, - deydi Brukings institutidan Maykl Oxanlon.

Tahlilchiga ko’ra, Qo’shma Shtatlar bir paytning o’zida bir necha raqibga qarshi salohiyatini oshirishga intilmoqda. Bular, asosan, Xitoy, Eron va Rossiya.

Biroq ba’zi rasmiylarning xavotir olishicha, bunday siyosat bir necha oy oldin qo’shinlarining bir qismini Yaqin Sharqdan chiqargan AQShni yana mintaqaga qaytarishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG